Nabieva Zarrina Isomiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik va lingvokognitiv talqini (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Fil2272.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida Ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik va lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy munosabatlar konseptosferasida ijtimoiy munosabat fe’llari qarshilik ko‘rsatish, norozilik ifodasi, o‘zaro to‘qnashuv, raqobatlashish, do‘stona hamkorlik kabi freymlarning ajralmas qismi sifatida obektivlashtirish vazifasini bajarishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillarda ijtimoiy munosabat fe’llari predikati semantikasi temporativlik, lokativlik, harakatning sababi (kauzativlik), oqibati (konsekuens) kabi kategoriyalar faollashuvida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
tahlil qilinayotgan tillardagi ijtimoiy munosabat fe’llari ikki til o‘rtasidagi inson va jamiyat munosabatlarining murakkab tizimini ko‘rsatish, ijtimoiy fe’llariga xos sinflar, guruhlarni aniqlash, valentlik negizida ularning semantik va pragmatik xususiyatlarining funksional vazifadorligini belgilashi asoslangan;
o‘zbek tilidagi ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik va lingvokognitiv xususiyatlari hurmat, tarbiya va jamoaviylikka asoslangan bo‘lsa, ingliz tilidagi fe’llar esa ko‘proq individualizm va shaxsiy erkinlik tushunchalari orqali voqelanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik va lingvokognitiv ifodalanishiga oid qiyosiy tahlil jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy munosabatlar konseptosferasida ijtimoiy munosabat fe’llari qarshilik ko‘rsatish, norozilik ifodasi, o‘zaro to‘qnashuv, raqobatlashish, do‘stona hamkorlik kabi freymlarni ajralmas qismi sifatida obektivlashtirish vazifasini oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 18-maydagi 1035/02-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslanayotgan tillardagi tillaridagi ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik va lingvokognitiv xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmuni boyishiga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillarda ijtimoiy munosabat fe’llari predikati semantikasi temporativlik, lokativlik, harakatning sababi (kauzativlik), oqibati (konsekuens) kabi kategoriyalar faollashuvida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 18-maydagi 1033/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
tahlil qilinayotgan tillardagi ijtimoiy munosabat fe’llari ikki til o‘rtasidagi inson va jamiyat munosabatlarining murakkab tizimini ko‘rsatish, ijtimoiy fe’llariga xos sinflar, guruhlarni aniqlash, valentlik negizida ularning semantik va pragmatik xususiyatlarining funksional vazifadorligi belgilashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturlari, “Sifatli ta’lim taraqqiyot poydevori” va “Uchqun” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-maydagi 01-07/126-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-amaliy xulosalar kelgusida tashkil etiladigan namoyish va eshittirishlar uchun tayyorlanadigan materiallar mazmunini yanada mukammallashuvi, ilmiy dalillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.