Boboraximov Baxtiyor Ixtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitda aralashmalar turbulent ko‘chishini sonli modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4869.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normahmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Mamadaliev Xusniddin Abdijalilovich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan havo muhitida zararli moddalarning tarqalish jarayonini tadqiq qilish uchun matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhiti havo oqimida zararli moddalarning tarqalishini ifodalovchi matematik model oqimning o‘zgaruvchan tezliklarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitida havoning turbulent oqimini ifodalovchi matematik modeli takomillashtirilgan;
oqimning o‘zgaruvchan tezligini, turbulent diffuziyani va murakkab chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda zararli moddalarning atmosfera havo muhitida tarqalish jarayonining matematik  modeli ishlab chiqilgan;
atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitida havoda zararli moddalarning tarqalish jarayoni matematik modellarini sonli echish algoritmi va dasturiy majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitida havoda zararli moddalarning tarqalish jarayoni uchun matematik modellar va dasturiy majmua ishlab chiqish asosida:
atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitida havoda zararli moddalarning tarqalish jarayoni uchun dasturiy majmua “Quyuv-mexanika zavodi” AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 33-8/195-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosfera chegara qatlamidagi zararli zarrachalar konsentratsiyasini bashorat qilishning aniqligi 1-3% ga oshgan va ularni amalga oshirish uchun moliyaviy va mehnat xarajatlarini qisqarishiga imkon bergan.  
atmosferaning fazoviy bir jinsli bo‘lmagan muhitida havoda zararli moddalarning tarqalish jarayoni uchun dasturiy majmua “Toshkent issiqlik markazi” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 33-8/195-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosfera chegara qatlamidagi zararli zarrachalar konsentratsiyasini miqdoriy bashorat qilishning aniqligi 2-5% ga oshgan  va muhitni muhofaza qilish choralari 4-6% ga ortishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish