Jo‘raev Bahrom Bahriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kanallarda suv sarfini o‘lchash va nazoratini raqamlashtirish asosida takomillashtirish” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.RhD/T4528
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murot Umbarovich - O‘zbekiston respublikasi Oliy harbiy bilim yurti “Umumiy texnika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor,
Ibragimov Ilhom Ahrorovich – «TIQXMMI» MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Magistral kanallarda suv sarfini doimiy monitoring qilish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suv balansini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
irrigatsiya tizim kanallarida suv balansini hisoblash usuli kanal foydali ish koeffisenti va o‘zgaruvchan suv oqimini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
beton qoplamali kanallarda Shezi koeffisientining maqbul hisoblash usuli gidravlik qarshilik koeffisientining o‘zgarishi va oqim tezligiga loyqa zarrachalarning ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
kanal suv sarfini monitoring qilish dasturi kanal texnik holatining vaqt davomida o‘zgarishi va suv sathiga bog‘langan holda hisoblash usuli takomillashtirilgan;
suv to‘suvchi inshoot ishonchlilik holatini hisoblash usuli ehtimollik gipotezalari va suv sathining dimlanishi natijasida yuzaga kelgan gidrodinamik kuchlar ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kanallarda suv sarfini o‘lchash va nazoratini raqamlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
irrigatsiya tizim kanallarida suv balansini hisoblash dasturi Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 03/28-242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida 3-4 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.
suv sarfini o‘lchash va monitoring tizimini takomillashtirish  dasturi Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasiga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 03/28-242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv sathi va suv sarfini masofadan turib onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
suv to‘suvchi inshootining ishonchliligiga ta’sir qiluvchi holatlarni ehtimollik Bayes usuli yordamida aniqlash, suv to‘suvchi inshootlarning ishonchlilik holatini baholash hamda kanalda qo‘shimcha suv to‘suvchi inshoot qurish taklifi Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 03/28-242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kanalda loyqa cho‘kindilar cho‘kishining oldini olish, suv sathi va oqim hajmini maqbul boshqarish, novegetatsiya davrida 70-75 mln m3 suvni iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish