Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimini ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4928
Ilmiy rahbar: Rasulova Mastura Kabilovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Temirova Gulnoz Ibodovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar displaziya kasalligida qo‘llanadigan ortopedik moslashuvchan kiyimini ishlab chiqish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
displaziya kasalligini davolash va reabilitasiya qilish davomida foydalaniladigan bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimlariga qo‘yiladigan talablarga davolash samaradorligini oshirish, psixologik ta’sir, biologik ta’sir ko‘rsatkichlari kirgizilgan holda takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqilgan;
konstruktiv element xususiyatlarini hisobga olib ortopedik moslashuvchan kiyimdagi keruvchi yog‘och korrektorning geometrik parametrlari hisoblangan va ilmoqli tayanch sterjen egilishi analitik usulda asoslangan;
ortopedik moslashuvchan kiyim samaradorligini oshirish va bolaning sog‘ligini tiklash muddatini kamaytirish uchun oyoq kerilish kengligini bolaning yoshi, oyoq kerilish burchagi va kiyish muddatiga bog‘liqligi ko‘p omilli tajriba natijalariga statistic ishlov berish asosida aniqlangan;
displaziya kasalligini davolashda foydalanadigan bolalar ortopedik moslashuvchan kiyim materiallari paketi shakllantirilgan, samarali funksional elementlarni qo‘llash asosida buyumning konstruktiv-texnologik echimlari va ratsional parametrlari keruvchi korrektorni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar chanoq-son bog‘imi displaziyasini davolash jarayonida noqulayliklarni bartaraf etuvchi, davolovchi-profilaftik vazifani o‘zida mujassamlashtirgan bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligining sanoat namunasi patenti (SAP 02222, 2021 y.) olingan. Natijada davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan moslashuvchan kiyim paketi shakllantirilgan, ergonomik qulayligi konstruksiya va texnologiyasining takomillashuvi hisobiga oshirilgan;
displaziya kasalligida davolovchi-profilaftik vazifani o‘zida mujassamlashtirgan moslashuvchan kiyim assortimenti Jizzax viloyati “Zilol Gold TEXTIL 777” MChJ va “Jizzax Toshtepa tekstil” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 13 sentyabrdagi 03/25-2485-son ma’lumotnomasi). Natijada ergonomik qulaylikni ta’minlovchi, davolash samarasini oshirib beruvchi moslashuvchan kiyimni ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy samaradorlik 123397856 ming so‘mni tashkil etgan.