Ro‘ziev Dilshod Ubaydullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped986
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risbay Xaydarovich – pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 12/30.12.2019.Ped.80.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor, Kadirov Hayot Sharipovich pedagogika fanlari doktori, professor, Beknazarova Saida Safibullaevna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlari malaka oshirishning dasturiy-mazmuniy aspektlarini aniqlashtirish natijasida ta’minlangan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholash va natija komponentlari uzviyligida metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarni tizimli joriy qilish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi o‘quv-uslubiy ta’minotini optimallashtirish hamda malaka oshirish modullarini dasturiy mobillashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini klassifikatsiyalash asosida nazariy, amaliy, ilmiy-tadqiqot tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha mobillik, refleksivlik, integrativlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi ekspert baholash mezonlarini belgilash va ularning ob’ektivlik, integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish, psixologik moslashuvchanlik kabi tashkiliy-funksional imkoniyatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini tashxislashning analitik, loyihalash va prognostik komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlari malaka oshirishning dasturiy-mazmuniy aspektlarini aniqlashtirish natijasida ta’minlashga doir takliflar “60112400-Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha)” yo‘nalishi malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 3 dekabrdagi 02/01-01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar tinglovchilarning mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholash va natija komponentlari uzviyligida metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarni tizimli joriy qilish asosida takomillashtirish, professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi o‘quv-uslubiy ta’minotini optimallashtirish hamda malaka oshirish modullarini dasturiy mobillashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, pedagogning kasbiy standarti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 3 dekabrdagi 02/01-01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan metodik model va metodika malaka oshirish tinglovchilarining mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi ekspert baholash mezonlarini belgilash va ularning ob’ektivlik, integrativlik, qaytar aloqa o‘rnatish, psixologik moslashuvchanlik kabi tashkiliy-funksional imkoniyatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Xodimlarni uzliksiz kasbiy rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 3 dekabrdagi 02/01-01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takomillashtirilgan pedagogic texnologiya professional ta’lim malaka oshirish tinglovchilarining mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitida tinglovchilarni mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini tashxislashning analitik, loyihalash va prognostik komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar “60110100-Pedagogika” yo‘nalishi malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 3 dekabrdagi 02/01-01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan baholash mexonlari professional ta’lim malaka oshirish tinglovchilarining mustaqil o‘quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish