Eshmamatov Islombek Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik maktab yoshidagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarining klinik immunologik tavsifi» 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3054.
Ilmiy rahbar: Suvonov Kayim Jaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarini klinik-immunologik tavsiflash va davolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlari kuzatilgan kichik maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan stomatologik kasalliklar kelib chiqishi sog‘lom bolalarga nisbatan 2,8 marta ko‘pligi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarida sIgA va laktoferrinlarning o‘zgarishlar darajasi baholanib, ularning og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi vakillari shartli-patogen grammusbat kokklar va grammanfiy bakteriyalar uchrash darajasiga teskari proporsional, klinik ko‘rinishlar namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi, me’yoriy mikroflora vakillarining kasallik patogenezidagi o‘rni juda kam ekanligi isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarda ushbu patologiyaga xos bo‘lgan, kasallik yakuni istiqbolini belgilash imkonini beruvchi sIgA, laktoferrin miqdorlari, shartli-patogen kokklar va grammanfiy bakteriyalar uchrash darajasi kamayish tendensiyasi kuzatilmagani immuno-mikrobiologik prognostik mezoni ekanligi asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishini yallig‘lanishi bilan tashxislangan bemorlarda antiseptik va keratoplastikdan foyidalanib an’anaviy davo usulida davolangan bemor bolalarga nisbatdan davo chorasi klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarining klinik immunologik tavsifi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №02-/29, 2024 yil 8 iyul`):
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlari kuzatilgan kichik maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan stomatologik kasalliklar sog‘lom bolalarga nisbatan 2,8 marta ko‘pligi aniqlandi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shaxar 3-son Bolalar stomatologiya poliklinikasiga amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №02-/29, 2024 yil 8 iyul`). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kichik maktab yoshdagi bolalar orasida stomatologik salomatlikni saqlash maqsadida OBYuTSh ni aniqlash va samarali davolash uchun stomatologik xizmatni amalga oshirish ularga tibbiy xizmat, shu jumladan stomatologik xizmat ko‘rsatishni chuqurlashtirish uning samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida stomatologik kasallanish, travmatizmning oldini oladi, ota-onalarining mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartiradi, ular mehnat unumdorligini oshiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ushbu usulning ijtimoiy ahamiyati borligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalar stomatologik poliklinikasida kichik maktab yoshidagi bolalarda OBYuTSh ni aniq tashxislash va davolash orqali ular stomatologik salomatligini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi stomatologik ko‘rik o‘tkazish jarayonida tashhislash va davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 200 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarida sIgA va laktoferrinlarning o‘zgarishlar darajasi baholanib, ularning og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi vakillari shartli-patogen grammusbat kokklar va grammanfiy bakteriyalar uchrash darajasiga teskari proporsional, klinik ko‘rinishlar namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi, me’yoriy mikroflora vakillarining kasallik patogenezidagi o‘rni juda kam ekanligi isbotlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shaxar 3-son Bolalar stomatologiya poliklinikasiga amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №02-/29, 2024 yil 8 iyul`). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kichik maktab yoshdagi bolalar orasida stomatologik salomatlikni saqlash maqsadida OBYuTSh ni aniqlash va samarali davolash uchun stomatologik xizmatni amalga oshirish ularga tibbiy xizmat, shu jumladan stomatologik xizmat ko‘rsatishni chuqurlashtirish uning samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida stomatologik kasallanish, travmatizmning oldini oladi, ota-onalarining mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartiradi, ular mehnat unumdorligini oshiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ushbu usulning ijtimoiy ahamiyati borligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalar stomatologik poliklinikasida kichik maktab yoshidagi bolalarda OBYuTSh ni aniq tashxislash va davolash orqali ular stomatologik salomatligini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi stomatologik ko‘rik o‘tkazish jarayonida tashhislash va davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 200 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: kichik maktab yoshidagi bolalarda ushbu patologiyaga xos bo‘lgan, kasallik yakuni istiqbolini belgilash imkonini beruvchi sIgA, laktoferrin miqdorlari, shartli-patogen kokklar va grammanfiy bakteriyalar uchrash darajasi kamayish tendensiyasi kuzatilmagani immuno-mikrobiologik prognostik mezoni ekanligi asoslangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shaxar 3-son Bolalar stomatologiya poliklinikasiga amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №02-/29, 2024 yil 8 iyul`). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kichik maktab yoshdagi bolalar orasida stomatologik salomatlikni saqlash maqsadida OBYuTSh ni aniqlash va samarali davolash uchun stomatologik xizmatni amalga oshirish ularga tibbiy xizmat, shu jumladan stomatologik xizmat ko‘rsatishni chuqurlashtirish uning samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida stomatologik kasallanish, travmatizmning oldini oladi, ota-onalarining mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartiradi, ular mehnat unumdorligini oshiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ushbu usulning ijtimoiy ahamiyati borligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalar stomatologik poliklinikasida kichik maktab yoshidagi bolalarda OBYuTSh ni aniq tashxislash va davolash orqali ular stomatologik salomatligini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi stomatologik ko‘rik o‘tkazish jarayonida tashhislash va davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 200 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishini yallig‘lanishi bilan tashxislangan bemorlarda antiseptik va keratoplastik moydan foyidalanib an’anaviy davo usulida davolangan bemor bolalarga nisbatdan davo chorasi klinik samaradorligiga erishildi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shaxar 3-son Bolalar stomatologiya poliklinikasiga amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №02-/29, 2024 yil 8 iyul`). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kichik maktab yoshdagi bolalar orasida stomatologik salomatlikni saqlash maqsadida OBYuTSh ni aniqlash va samarali davolash uchun stomatologik xizmatni amalga oshirish ularga tibbiy xizmat, shu jumladan stomatologik xizmat ko‘rsatishni chuqurlashtirish uning samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida stomatologik kasallanish, travmatizmning oldini oladi, ota-onalarining mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartiradi, ular mehnat unumdorligini oshiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish orqali ushbu usulning ijtimoiy ahamiyati borligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalar stomatologik poliklinikasida kichik maktab yoshidagi bolalarda OBYuTSh ni aniq tashxislash va davolash orqali ular stomatologik salomatligini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi stomatologik ko‘rik o‘tkazish jarayonida tashhislash va davolash uchun har bir bolaga sarflangan mablag‘ning 200 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi.