Mavlyanova Umida Fazlitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak surunkali kasalligi terminal bosqichida ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarining diagnostikasi va davolashdagi klinik jihatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc /Tib651.
Ilmiy maslaxatchi: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Moysyuk Yan Gennadievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Islamov Zieviddin Sadriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiet universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak surunkali kasalligining terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘ruv a’zosidagi o‘zgarishlarni tashxislash va davolashning klinik jihatlarini o‘rganish, ko‘rish buzilishini erta aniqlash va rivojlanishining oldini olishga qaratilgan samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nodiabetik genezli BSK ning terminal boskichidagi bemorlar ko‘zlaridagi shox parda-kon’yunktiva kal`sinozining og‘irlik darajasi va buyraklarning glomerulyar fil`tratsiya tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
nodiabetik genezli BSKning terminal boskichidagi bemorlar ko‘zlarida OKT-A ma`lumotlariga ko‘ra to‘r parda va xorioideya mikrovaskulyar buzilishlarning xususiyatlari qon tomirlar zichligi va perfuziyasining pasayishi shaklida namoyon bulishi aniklangan;
nodiabetik genezli BSKning terminal bosqichidagi bemorlarda ul`tratovush doppler tekshiruv natijalariga ko‘ra, gemodializ ta’sirida ko‘z olmasi tomirlarida qon oqimi tezligining o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
ilk bor buyrak transplantatsiyasidan keyin gavxar xiralashishi, oftal`mogipertenziya va takrolimus bilan bog‘liq optik neyropatiya shaklida namoyon bo‘lgan immunosupressiv terapiyaning oftal`mologik asoratlari aniqlangan;
ilk bor buyrak transplantatsiyasining ijobiy ta’siri to‘r parda qatlamidagi neyrodegenerativ jarayonning pasayishi (RNFL qalinligi ko‘rsatkichi) va xorioideyada qon aylanishining yaxshilanishi (perfuziya zichligi ko‘rsatkichi) bilan isbotlangan;
ilk bor buyrak transplantatsiyasining to‘r parda fotoreseptorlardagi elektrofiziologik jarayonlarga ijobiy ta’siri elektroretinografiya bo‘yicha a va b to‘lqinlarining amplitudasini dinamikada oshishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buyrak surunkali kasalligi terminal bosqichida ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarining diagnostikasi va davolashdagi klinik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor nodiabetik genezli BSK ning terminal boskichidagi bemorlar ko‘zlaridagi shox parda-kon’yunktiva kal`sinozining og‘irlik darajasi va buyraklarning glomerulyar fil`tratsiya tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi. Mazkur natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligi terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va " Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda shox parda-kon’yunktival kal`sinozning ifodalanganlik ko‘rsatkichidan foydalanish BSK rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu esa bemorlarning ahvoli og‘irligining monitoringini yaxshilash va ularda og‘ir asoratlarning oldini olish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: KFT ko‘rsatkichini aniqlashdan farqli o‘laroq, bu 80000-100000 so‘mmni tashkil qiladi, shox parda-kon’yuktival kal`sinozning og‘irlik ko‘rsatkichi bo‘yicha BSK og‘irligini qo‘shimcha baholash faqat bemorlarning ko‘zlarini tirqishli lampada ko‘rishni talab qiladi, bu esa yuqoridagi summaning 60% ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Shox parda- kon’yunktiva kal`sinozining darajasi va glomerulyar fil`tratsiya tezligi o‘rtasidagi bog‘liklikni o‘rnatish, ko‘z yuzasi holatini BSK terminal bosqichida umumiy patologik jarayoning og‘irligining ko‘rsatkichi sifatida ishlatishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: nodiabetik genezli BSKning terminal boskichidagi bemorlar ko‘zlarida OKT-A ma`lumotlariga ko‘ra to‘r parda va xorioideya mikrovaskulyar buzilishlarning xususiyatlari qon tomirlar zichligi va perfuziyasining pasayishi shaklida namoyon bulishi aniklandi. Ushbu natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligi terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" nomli uslubiy tavsiyanomaga (2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va "Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" nomli uslubiy tavsiyanomaga (2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyati ham qo‘shilgan holda, amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: OKT-A ma’lumotlariga ko‘ra, nodiabetik genezli buyrak surunkali kasalligi terminal bosqichidagi bemorlar ko‘zining to‘r pardasi va xorioideyadagi mikrovaskulyar buzilishlarni aniqlash ularda og‘ir oftal`mologik asoratlarning oldini olish imkonini beradi hamda ko‘rish funksiyasi va hayot sifatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘r pardaning bir qator muhim ko‘rsatkichlarini aniqlashga imkon beruvchi OKT-A tekshiruvini o‘tkazish bir bemor uchun o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil etadi, buyrak surunkali kasalligi bilan og‘rigan 100 nafar bemorni tekshirish uchun esa 11000000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Xulosa: Ko‘zning to‘r pardasida aniklangan mikrovaskulyar buzilishlarini aniqlash, BSK bilan og‘rigan bemorlarda to‘r pardada patologik jarayonni erta tashxislash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: nodiabetik genezli BSKning terminal bosqichidagi bemorlarda ul`tratovush doppler tekshiruv natijalariga ko‘ra, gemodializ ta’sirida ko‘z olmasi tomirlarida qon oqimi tezligining o‘zgaruvchanligi aniqlandi. Mazkur natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligi terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va "Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nodiabetik genezli BSK terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z olmasida qon aylanishining buzilishini aniqlash ularda og‘ir oftal`mologik asoratlarni oldini olish, holatning umumiy og‘irligini baholash va ko‘rish funksiyasi va hayot sifatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘z olmasi tomirlarining ul`tratovushli rangli doppler tekshiruvini o‘tkazish 1 nafar bemor uchun 120000 so‘mga tushadi. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot qon aylanishining bir qator muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu tadqiqot BSK bilan og‘rigan bemorlarni umumiy davolash standartiga kiritilganda, BSK bilan og‘rigan 100 nafar bemorni tekshirish 12000000 so‘m mablag‘ talab qiladi. Xulosa: Ilmiy yangiliklarni joriy etish BSK ko‘rish a’zosida qon aylanishining xolatini yanada chuqqurok baholash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor buyrak transplantatsiyasidan keyin gavxar xiralashishi, oftal`mogipertenziya va takrolimus bilan bog‘liq optik neyropatiya shaklida namoyon bo‘lgan immunosupressiv terapiyaning oftal`mologik asoratlari o‘rganildi. Mazkur natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligi terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va "Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: BTdan keyin immunosupressiv terapiya bilan bog‘liq oftal`mologik asoratlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash ko‘rish faoliyatining og‘ir buzilishlari rivojlanishining oldini olish va jarrohlikdan keyin bemorlarni reabilitatsiya qilish sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: BTdan keyin immunosupressiv terapiya bilan bog‘liq oftal`mologik asoratlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash potensial steroid glaukomani (yiliga 2200000-3500000 so‘m) yoki takrolimus bilan chaqirilgan optik neyropatiyani (yiliga 1800000-2400000 so‘m) davolash uchun mablag‘larni tejash imkonini beradi. Xulosa: Ilmiy yangiliklarni joriy etish bemorlarda buyrak transplantatsiyadan keyin, imunnosupressiv terapiyaning oftal`mologik asoratlarini o‘z vaktida aniqlash va rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor buyrak transplantatsiyasining ijobiy ta’siri to‘r parda qatlamidagi neyrodegenerativ jarayonning pasayishi (RNFL qalinligi ko‘rsatkichi) va xorioideyada qon aylanishining yaxshilanishi (perfuziya zichligi ko‘rsatkichi) bilan izohlandi. Mazkur natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligi terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va "Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: buyrak transplantatsiyasi to‘r pardadagi neyrodegenerativ jarayonlarni to‘xtatish va shu bilan ko‘rish funksiyasining og‘ir buzilishlarini oldini olishni saqlab qolish imkonini berishi isbotlangan, bu esa bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sirining yana bir omili hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: BSKning terminal bosqichida buyrak transplantatsiyasini amalga oshirish nafaqat a’zoning yo‘qolgan funksiyasini tiklashga, balki ko‘rish a’zosidagi patologik jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi va shu bilan bemorlarning oftal`mologik asoratlarni davolash uchun mablag‘larini tejashga imkon beradi. Xulosa: ilmiy yangilikni joriy etish, transplantatsiyaning maqsadga muvofiqligini nafaqat buyrak funksiyasining tiklanishi nuqtai nazaridan, balki BSK oftal`mologik asoratlarini tuzatish nuqtai nazaridan ham asoslash imkonini beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: ilk bor buyrak transplantatsiyasining to‘r parda fotoreseptorlardagi elektrofiziologik jarayonlarga ijobiy ta’siri elektroretinografiya bo‘yicha a va b to‘lqinlarining amplitudasini dinamikada oshishi bilan isbotlandi. Mazkur natijalar "Nodiabetik genezli buyrak surunkali etishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan bemorlarda ko‘z tubi o‘zgarishlarini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va "Buyrak surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin to‘r pardaning strukturaviy o‘zgarishlari dinamikasini baholash" (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 27 noyabrdagi 6-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand (24-sonli buyruq, 03.02.2024 yil) va Termiz (8/1-sonli buyruq, 22.02.2024 yil) filiallari faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nodiabetik genezli BSKning terminal bosqichida ko‘rish a’zosining klinik va morfofunksional o‘zgarishlarini aniqlash ushbu buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash imkonini beradi, bu esa bemorlarda ko‘rish funksiyalarini saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nodiabetik genezli BSKning terminal bosqichida ko‘ruv a’zosidagi klinik va morfofunksional o‘zgarishlarning asosiy jihatlarini bilish, ularda tashxislash chora-tadbirlar tizimini optimallashtirish, kompleks oftal`mologik tekshiruv davomida o‘rtacha 180000-250000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Nodiabetik genezli BSK terminal bosqichida ko‘ruv a’zosining klinik va morfofunksional o‘zgarishlarining har tomonlama tavsiflash, ushbu guruhdagi bemorlarda og‘ir oftal`mologik asoratlarni o‘z vaktida aniqlash va ularni samarali davolash imkonini beradi.