Abduraxmanov Baxtiyor Muminalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqlagini tiklashning optimallashtirilgan usuli”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3680.
Ilmiy raxbar: Malikova Gulsanam Baxodirovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental quyonlarda bachadon naylari o‘tkazuvchanligini tiklashning ishlab chiqilgan yangi usulida o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin tajribaning 15, 45 va 90-kunlarida fallopiy naylari anastomozi sohasida chandiq paydo bo‘lmasligi gistomorfologik tadqiqotlar bilan isbotlangan;
ayollar bepushtligining intrakanalikulyar genezida fallopiy naylarning artifisial bog‘lash (20%), intraoperativ shikastlanish, ya’ni bachadon naylarini qisman rezeksiyasi (5,6%), nay burchagini tikish (8,9%), sal`pingitlar (57,8%), gidro-piosal`pinkslar (60%), xamda jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalar (JYOYuI) (41,1%) va endometrioz (12,2%) sabab bo‘lishi isbotlangan;
ayollarda intrakanalikulyar bepushtlik genezida bachadon fallopiy naylaridagi to‘siq joylashgan o‘rnini aniq tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirishda kasallik anamnezi, kimografik pertubatsiya (38,9%), gisterofalloposkopiya (4,4%), gisterosalpingografiya (56,7%) usullaridan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
ayollarda intrakanalikulyar bepushtlikda fallopiy naylaridagi to‘siqni rezeksiya qilishning yangi usuli va uning anatomik yaxlitligini miosal`pinks dumaloq mushaklarini ligaturasiga maxkamlamasdan nay kanali perimetriga zich mahkamlash va 4 joyda (6-12-9 va 3 soatda) fallopiy naycha seroz qoplamini vikril tikuvga mahkamlash orqali nay kanalining anatomik yaxlitligi va ochiqligi, endo-mosal`pinksning gistomorfologik tuzilishini sog‘lom ayollar darajasida tiklashga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental quyonlarda bachadon naylari o‘tkazuvchanligini tiklashning ishlab chiqilgan yangi usulida o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin tajribaning 15, 45 va 90-kunlarida fallopiy naylari anastomozi soxasida chandiq paydo bo‘lmasligi gistomorfologik tadqiqotlar orqali isbotlanganligi bo‘yicha «Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30-noyabrdagi 7p-r/55-sonli xulosasi). bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 2-tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 28-sonli hamda Toshkent viloyati Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi 298-10-I 34-TBl2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyonlarda eksperimental ravishda bachadon naylari utkazuvchanligini tiklashning ishlab chikilgan yangi usuli o‘z navbatida, usulni ayollarda qo‘llash fallopiy naylari anastomozi soxasida chandiq paydo bo‘lmasligi va bepushtlik rivojlanishi extimolini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 6kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 4kunga qisqartirilishi 880000 so‘mni tashkil qilgan, 20 nafar bemorga 17600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarni statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ayollar bepushtligining intrakanalikulyar genezida fallopiy naylarning artifisial bog‘lash, intraoperativ shikastlanish, ya’ni bachadon naylarini qisman rezeksiyasi, nay burchagini tikish xamda sal`pingitlar, gidro-piosal`pinkslar, jinsiy yo‘l orqali o‘tadigan infeksiyalar (JYOYuI) va endometrioz sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30-noyabrdagi 7p-r/55-sonli xulosasi). bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 2-tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 28-sonli hamda Toshkent viloyati Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi 298-10-I 34-TBl2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ayollar intrakanalikulyar yopiqligi genezida fallopiy naylarida o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotlari, gidro-piosal`pinkslar, jinsiy yo‘l orqali o‘tadigan infeksiyalar va endometrioz sabab bo‘lishi isbotlanganligi, o‘z navbatida, bepushtlik rivojlanishi ehtimolini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 6kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi 880000 so‘mni tashkil qilgan, 15 nafar bemorga 13200000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarni statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ayollarda intrakanalikulyar bepushtlik genezida bachadon fallopiy naylaridagi to‘siq joylashgan o‘rnini aniq tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirishda kasallik anamnezi, kimografik pertubatsiya, gisterofalloposkopiya usullaridan faydalanish samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha «Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30-noyabrdagi 7p-r/55-sonli xulosasi). bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 2-tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 28-sonli hamda Toshkent viloyati Oxongaron tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi 298-10-I 34-TBl2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bachadon naylarini intrakanalikulyar to‘siq joylashgan o‘rnini aniq tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirishda kasallik anamnezi, instrumental tekshiruvlar - kimografik pertubatsiya, gisterofalloposkopiya usullaridan foydalanish, o‘z navbatida, bepushtlik rivojlanishi ehtimolini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 6 kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi 880000so‘mni tashkil qilgan, 25 nafar bemorga 22000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarni statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ayollarda intrakanalikulyar bepushtlikda fallopiy naylaridagi to‘siqni rezeksiya qilishning yangi usuli va uning anatomik yaxlitligini miosal`pinks dumaloq mushaklarini ligaturasiga maxkamlamasdan nay kanali perimetriga zich mahkamlash va 4 joyda (6-12-9 va 3 soatda) fallopiy nay seroz qoplamini vikril tikuvga mahkamlash orqali nay kanalining anatomik yaxlitligi va ochiqligi, endo-mosal`pinksning gistomorfologik tuzilishini sog‘lom ayollar darajasida tiklashga imkon berishi isbotlanganligi bo‘yicha «Bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini tiklashning optimallashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30-noyabrdagi 7p-r/55-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 2-tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 28-sonli hamda Toshkent viloyati Oxongaron tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 23.01.2024 yildagi 298-10-I 34-TBl2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bachadon naylari intrakanalikulyar yopiqligini jarroxlik yo‘li bilan davolash bepushtlik rivojlanishini oldini olish xamda bemorlarni xayot sifatini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 10 kundan 6 kungacha qisqartirib, shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi 880000 so‘mni tashkil qilgan, 90nafar bemorga 79200000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarni statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.