Hoshimov Jahongir Ravshanbekning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt496.
Ilmiy maslahatchi: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlar iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishda ushbu loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha umumiy qiymatining kamida 30 foizi miqdorda o‘z mol-mulki va mablag‘lari bilan ishtiroki asosida amalga oshirilishi taklif etilgan;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalar qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish taklif etilgan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya shaklida jalb qilgan investorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddatini amaldagi imtiyoz va preferensiyalarni to'liq saqlab qolgan holda 25 yildan 49 yilgacha uzaytirish taklif etilgan;
hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini yanada faollashtirish uchun xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni imtiyozli shartlarda moliyalashtirish, mehmon o‘rinlari sonini kamida ikki barobarga oshirish, turizm mahallalarini rivojlantirish, xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax Free” tizimini joriy etish taklif etilgan;
sanoatni intensiv asosda rivojlantirishga yo‘naltirilgan va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislar jalb qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 25 foizini Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzuridagi Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishda ushbu loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha umumiy qiymatining kamida 30 foizi miqdorda o‘z mol-mulki va mablag‘lari bilan ishtiroki asosida amalga oshirilishining maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi 03/41-7-20183-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishda muammoli kreditlarning oldini olish va salmog‘ini kamaytirishga erishilgan, shuningdek 2024-yilning yanvar-iyun oylarida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar miqdori 66,8 trln. so‘mni tashkil qilib, bu ko‘rsatkichning 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobarga o‘sishi ta’minlangan;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalar qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi 03/41-7-20183-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, obligatsiyalar bozorlarining o‘sishi ijtimoiy va “yashil” loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratgan hamda mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investorlar mablag‘larini faol jalb qilish, shu tariqa real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga bog‘liqligini kamaytirishga imkon bergan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan korxonalar uchun amaldagi imtiyoz va preferensiyalarni to‘liq saqlab qolgan holda erlarni ijaraga berish muddatini 25 yildan 49 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi 04/31-01/436-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2024-yilning birinchi yarim yilligida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar salmog‘i 29,1 foizni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 12 foizli bandga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini yanada faollashtirish uchun xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni imtiyozli shartlarda moliyalashtirish, mehmon o‘rinlari sonini kamida ikki barobarga oshirish, turizm mahallalarini rivojlantirish, xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax Free” tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi 04/31-01/436-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonga xorijiy turistlarni keng jalb qilishga, ularga zarur shart-sharoitlar yaratishga, turizm xizmatlarini yanada kengaytirishga va turizm salohiyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan, shuningdek 2024 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlar uchun kelgan chet el fuqarolari soni jami 3530,8 ming nafarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshishiga erishilgan;
sanoatni intensiv asosda rivojlantirishga yo‘naltirilgan va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan xorijiy investisiya ishtirokidagi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xorijiy mutaxassislar jalb qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 25 foizini Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzuridagi Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 19 sentyabdagi 05-10/1822-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/7-10-100-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, tarmoq va hududlarning investisiya salohiyatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tarmoq va sohalariga investisiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishni jadallashtirish, investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash imkoni yaratilgan.