Ankabaeva Mohira Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):    “Xojamnazar Huvaydo merosining tasavvufiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4342
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumanazarov Umrzoq Abdurazzakovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich filologiya fanlari doktori, professor, Hamroeva Orzigul Jalolovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xojamnazar Huvaydo mumtoz merosining tasavvufiy talqini, badiiyatining mazmuni va mohiyatini o‘rganish orqali o‘zbek adabiyotidagi tutgan o‘rniga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xojamnazar Huvaydo yashagan Movarounnahr siyosiy muhiti va madaniy-ma’naviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari, mutasavvif shoirning tarjimayi holi va qoldirgan ijodiy merosi aniqlangan;
Huvaydo asarlarida naqshbandiya tasavvufiy g‘oyalarining aks etishi, mutasavvif, so‘fiy alloma she’riyatida tasavvufiy fikrlarning ustivorligi aniqlangan, Huvaydo dostonlarida tasavvuf ta’limotining badiiy mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan ochib berilgan;
Naqshbandiya tariqatining davomchilaridan Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyorlarning izdoshi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydo badiiyatidagi umuminsoniy g‘oyalar, tarixiylik, mantiqiylik va zamonaviylik nuqtayi nazaridan o‘rganilgan;
Huvaydo merosidagi axloqiy-tarbiyaviy va barkamol inson muammosiga daxldor tasavvufiy tushunchalar tahlili adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xojamnazar Huvaydo merosining tasavvufiy talqini undagi takliflar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xojamnazar Huvaydo yashagan Movarounnahr siyosiy muhiti va madaniy-ma’naviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari, mutasavvif shoirning tarjimayi holi va qoldirgan ijodiy merosi, Huvaydo asarlarida naqshbandiya tasavvufiy g‘oyalarining aks etishi, mutasavvif, so‘fiy alloma she’riyatida tasavvufiy fikrlarning ustivorligi aniqlangan, Huvaydo dostonlarida tasavvuf ta’limotining badiiy mohiyati ochib berilgan o‘rinlardan 2021–2023-yillarda bajarilgan                       FZ–201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 21-avgust №01–2144 ma’lumotnomasi). Natijada loyihani amalga oshirishda dissertatsiya materiallari muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
Naqshbandiya tariqatining davomchilaridan Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyorlarning izdoshi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydo badiiyatidagi umuminsoniy g‘oyalar, tarixiylik, mantiqiylik va zamonaviylik nuqtayi nazaridan tahlili, Huvaydo merosidagi axloqiy-tarbiyaviy va barkamol inson muammosiga daxldor tasavvufiy tushunchalar tahlili adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan dalillanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan F–7–13–raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi funtamental loyihada foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-yil 20-avgustdagi № 04/11–6355 ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy qismining yangi ma’lumotlar, adabiyotshunoslikka oid nazariy manbalar bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish