Nasimov Ozod Botir o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarining saylash huquqini ta’minlashda siyosiy partiyalar bilan hamkorlik mexanizmlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss358
Ilmiy rahbar:
Raxmonov Sunnatillo Mavlonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ishki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Sc.178.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Turg‘unova Nasiba To‘ychievna, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent
Yakubov Baxtiyor Sultonovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarining saylash huquqini ta’minlashni ilmiy-siyosiy nuqtai-nazardan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning ijtimoiy siyosiy taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saylovoldi jarayonlarni sog‘lom siyosiy kurash muhitida ochiq va shaffof o‘tkazish, saylovda ishtirok etuvchi barcha partiyalarga va saylovchilarga demokratik muhit va teng imkoniyatlar yaratishi dalillangan;
jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarning siyosiy saylov huquqini ta’minlash, ularni sodir etgan jinoyatini ijtimoiy-siyosiy xavflilik darajasiga qarab toifalarga ajratgan holda ovoz berishini tashkil qilish, saylov jarayonidan so‘ng esa saylangan deputatlarning jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar bilan hisobdorlik uchrashuvlarini ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy jihatlari ochib berilgan;
siyosiy ong va madaniyatini ifodalovchi oliy qadriyatlarning biri bo‘lgan saylov huquqi inson erkinliklarini ta’minlovchi vosita sifatida jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarning fuqarolik va konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlaydigan, demokratik jamiyatning muhim indikatori ekanligi ochib berilgan;
jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarining saylovoldi ishtiroki bir tomondan, ularning siyosiy ongi, faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, kelgusi ozodlik davrida ularning ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ikkinchi tomondan, siyosiy partiyalar tarafdorlari (elektorati) qamrovining kengayishiga, dasturlarining ommalashuviga ta’sir etishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda partiyalararo siyosiy raqobat va uning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlarini asoslashga qaratilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning ijtimoiy siyosiy taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saylovoldi jarayonlarni sog‘lom siyosiy kurash muhitida ochiq va shaffof o‘tkazish, saylovda ishtirok etuvchi barcha partiyalarga va saylovchilarga demokratik muhit va teng imkoniyatlar yaratishi dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2024-yil 14-sentyabrdagi 01-27/452-son ma’lumotnomasi). Natijada, siyosiy partiyalararo raqobatni shakllantirishga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarning siyosiy saylov huquqini ta’minlash, ularni sodir etgan jinoyatini ijtimoiy-siyosiy xavflilik darajasiga qarab toifalarga ajratgan holda ovoz berishini tashkil qilish, saylov jarayonidan so‘ng esa saylangan deputatlarning jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar bilan hisobdorlik uchrashuvlarini ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy jihatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining targ‘ibot tadbirlari dasturini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 4-10-21-5414-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning saylov huquqiga oid siyosiy bilimlarini oshirish va siyosiy jarayonlarga keng jalb etishga xizmat qilgan;
siyosiy ong va madaniyatini ifodalovchi oliy qadriyatlarning biri bo‘lgan saylov huquqi inson erkinliklarini ta’minlovchi vosita sifatida jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarning fuqarolik va konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlaydigan, demokratik jamiyatning muhim indikatori ekanligi ochib berilganligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2024-yil 14-sentyabrdagi 01-27/452-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovoldi platformasini tayyorlashda qo‘llanilgan;
jazoni ijro etish muassasalari mahkumlarining saylovoldi ishtiroki bir tomondan, ularning siyosiy ongi, faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa kelgusi ozodlik davrida ularning ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ikkinchi tomondan, siyosiy partiyalar tarafdorlari (elektorati) qamrovining kengayishiga, dasturlarining ommalashuviga ta’sir etishi bilan asoslanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlari ssenariysini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 22-fevraldagi O‘z\tv-14-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, siyosiy partiyalar qamrovining kengayishiga, dasturlarining ommalashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish