Yuldashev Kudrat Abduvaxatovich
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss361
lmiy rahbar:
Paxrutdinov Shukriddin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ishki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Rajabov Habibullo Ibodullaevich, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Shodiev Nurali Ochilovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligining mohiyatini, xususiyatlari va baholash mezonlarini aniqlash, jamoat xavfsizligi samaradorligini taminlashning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy shakllari (huquqiy-fuqarolik nigilizmi; “rangli inqiloblar”; siyosiy beqarorlik; korrupsiya; jinoyatchilik; boshqarilmaydigan migratsiya; mafkuraviy ekspansiya kabilar) mahalliy, milliy va global darajalarga ko‘ra tahlil etilib, xavflarning oldini olishda “risk”, “chaqruvlar”, “xavf” va “tahdid” tushunchalari mezonlari asosida aniqlash metodikasi takomillashtirilgan;
jamoat xavfsizligi siyosatining ayrim mexanizmlari sifatida huquqiy cheklovlar, axborot ta’siri, moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar, ma’muriy mexanizmlar, institutsional mexanizmlar kabi turlarga ajratilib, ularni qo‘llashda alohida milliy-madaniy kontekstni va siyosiy konfiguratsiyani hisobga olish zarurati asoslangan;
O‘zbekistonda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib, milliy va jamoat xavfsizligiga raxna soluvchi omillarga asoslangan “tahdid darajalarining gradatsiyasi”ni (ya’ni, ushbu tizim besh bosqichli bo‘lib, ular ranglar bo‘yicha ajratiladi: yashil – past darajadagi xavf, ko‘k – o‘rta daraja, sariq – muhim xavf, to‘q sariq – tahdid va xavfining yuqori ko‘rsatgichi, qizil – tahdidning eng yuqori darajasi) joriy qilish asoslari dalillangan.
jamoat xavfsizligini ta’minlashda milliy va diniy bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi, yurt taqdiriga dahldorlik, ijtimoiy muloqot kabi ko‘p qirrali ijtimoiy omillar barqaror taraqqiyot va hokimiyat legitimligini ta’minlashning indikatori bo‘lib, xizmat qilishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
jamoat xavfsizligi siyosatining ayrim mexanizmlari sifatida: huquqiy cheklovlar, axborot ta’siri, moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar, ma’muriy mexanizmlar, institutsional mexanizmlar kabi turlarga ajratilib, ularni qo‘llashda alohida milliy-madaniy kontekstni va siyosiy konfiguratsiyani hisobga olish zarurati aniqlanganligiga oid xulosalar hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasining “Qurolli kuchlar tizimini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi va mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash masalalari” nomli 3-yo‘nalishi
40-bandida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 20-martdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoat xavfsizligi siyostining mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligi ko‘p qirrali va ko‘p tarmoqli ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘zida milliy va diniy bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi, yurt taqdiriga dahldorlik, ijtimoiy muloqot kabi omillarni qamrab olishi bilan barqaror taraqqiyot va hokimiyat legitimligini ta’minlashning indikatori bo‘lib, xizmat qilishi ilmiy asoslanganligiga oid xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi dasturining “Jamiyatda turli g‘oyaviy mafkuralardan himoyalashning asosiy mexanizmlari” nomli 2-yo‘nalishida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2024-yil 7-maydagi 02/01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, syosiy partiyalarning jamoat xavfsizligi ta’minlashdagi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligiga raxna soluvchi: “risk”, “chaqruvlar”, “xavf” va “tahdid” tushunchalarining kompleks tahlili asosida ularning asosiy namoyon bo‘lish shakllari (huquqiy-fuqarolik nigilizmi; “rangli inqiloblar”; siyosiy beqarorlik; korrupsiya; jinoyatchilik; boshqarilmaydigan migratsiya; mafkuraviy ekspansiya kabilar)ni mahalliy, milliy va global darajalarga taqsimlash asosida ochib berilganligiga oid xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, jumladan fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni turli xildagi huquqbuzarliklardan himoya qilish asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02-02-02/1100 -son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning, fuqarolar xavfsizligini barvaqt oldini olishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib milliy va jamoat xavfsizligiga rahna soluvchi omillarga asoslangan “tahdid darajalarining gradatsiyasi”ni (ya’ni, ushbu tizim besh bosqichli bo‘lib, ular ranglar bo‘yicha ajratiladi: yashil – past darajadagi xavf, ko‘k – o‘rta daraja, sariq – muhim xavf, to‘q sariq – tahdid va xavfining yuqori ko‘rsatgichi, qizil – tahdidning eng yuqori darajasi) joriy qilish asoslariga oid dalillanganligiga oid xulosalar va taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, jumladan fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni turli xildagi huquqbuzarliklardan himoya qilish asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02-02-02/1100 -son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning, fuqarolar xavfsizligini barvaqt oldini olishga xizmat qilgan.