Nasilloev Abdullo Abror o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1037.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Tulteev Ilyas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda
deb gumon qilinganda, shuningdek uni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lgandagina shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida ichki ishlar organlari xodimi tomonidan to‘xtatilishi mumkinligi ilmiy asoslantirilgan;
yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari binosiga olib borish amaliyotidan voz kechish hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga “E-patrul” tizimini joriy etish orqali barcha ma’lumotlarni joyida planshet orqali tekshirishni yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan yoxud o‘zi haqida ma’lumot bera olmaydigan shaxslar aniqlanganda ularning shaxsiga aniqlik kiritish uchun IIB ma’muriy binosiga yoki eng yaqindagi ichki ishlar organlarining tayanch punktiga olib borish amaliyotini joriy etish zarurligi isbotlangan;
transport vositasi haydovchisining yonida pasport yoki ID-kartasi bo‘lgan hollarda undan transport vositasini boshqarish, unga egalik qilish va foydalanish huquqini beruvchi, shuningdek transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish amaliyotidan voz kechish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablari va uni bajarmaganlik uchun javobgarlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilinganda, shuningdek uni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lgandagina ichki ishlar organlari xodimi tomonidan shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi qoidani mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-fevraldagi 77-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomning 145-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil
9-oktyabrdagi 15/4333-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari xodimining fuqarolarni to‘xtatish va shaxsini tekshirish asoslari qonunchilikda belgilanishiga, inson huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining kafolati kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari binosiga olib borish amaliyotidan voz kechish hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga “E-patrul” tizimini joriy etish orqali barcha ma’lumotlarni joyida planshet orqali tekshirishni yo‘lga qo‘yishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 399-son qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 9-noyabrdagi 12-15-105-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi inson huquqlari va erkinliklari ta’minlanishiga, fuqarolarni ichki ishlar organlariga olib borishda sarf qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning tejalishiga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan yoxud o‘zi haqida ma’lumot bera olmaydigan shaxslar aniqlanganda ularning shaxsiga aniqlik kiritish uchun IIB ma’muriy binosiga yoki eng yaqindagi ichki ishlar organlarining tayanch punktiga olib borish amaliyotini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 22-iyuldagi 399-son qaroriga Ilova bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 9-noyabrdagi 12-15-105-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida fuqarolarni ichki ishlar organlariga olib borish asoslarining qonunchilikda belgilanishiga xizmat qilgan;
transport vositasi haydovchisining yonida pasport yoki ID-kartasi bo‘lgan hollarda undan transport vositasini boshqarish, unga egalik qilish va foydalanish huquqini beruvchi, shuningdek transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi hamda egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish amaliyotidan voz kechishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qaroriga 1-Ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 9-noyabrdagi 12-15-105-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi natijasida transport vositasiga tegishli bo‘lgan hamda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni elektron tarzda tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish