Babaxanov Djamoliddin Yandirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishda innovatsion infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt3911.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;   Ibragimov Isroil Usmanovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes faoliyatini rivojlantirishda innovatsion infratuzilmadan samarali foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra – “innovatsion infratuzilmadan samarali foydalanish asosida kichik biznesni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni texnologik rivojlanish, raqobatbardosh mahsulot yaratish, yangi innovatsion tovarlarni va xizmatlarni  joriy qilishda ilmiy, texnologik, moliyaviy resurslar, ijtimoiy va innovatsion infratuzilma munosabatlar yi’gindisi bilan uzviy bog‘liqligi jihatdan takomillashtirilgan;
 “INNOVATION IDEAS” korxonasida ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarish loyihasini tijoratlashtirish bo‘yicha ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hisobiga korxona sof foydasini oshirishning 2024-2025 yillarga mo‘njallangan prognoz ko‘rsatgichlari asoslangan;
kichik biznes subektlarining innovatsiyaga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish doir ilmiy loyihaning natijadorligini  ilmiy tadqiqot ishlar (R&D), protatib va sinov (Prs), moliyalashtirish (Ml), marketing va bozor (Mrb), tijoratlashtirish (Tij) jarayonlarining maqbul nisbati (0,25; 0,15; 0,25; 0,17; 0,18)ni ta'minlash orqali oshirish taklifi asoslangan;  
O‘zbekiston Respublikasi va Namangan viloyati bo‘yicha innovatsion jarayonlarda 2027-yilga qadar faol bo‘lishi kutilayotgan kichik biznes sub’ektlarining prognoz ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida kichik biznes rivojlantirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra – “innovatsion infratuzilmadan samarali foydalanish asosida kichik biznesni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni texnologik rivojlanish, raqobatbardosh mahsulot yaratish, yangi innovatsion tovarlarni va xizmatlarni  joriy qilishda ilmiy, texnologik, moliyaviy resurslar, ijtimoiy va innovatsion infratuzilma munosabatlar yi’gindisi bilan uzviy bog‘liqligi jihatdan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Kichik biznes va xususiy tadbikorlik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini hamda kichik biznesni rivojlantirishda innovatsion infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
“INNOVATION IDEAS” korxonasida ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarish loyihasini tijoratlashtirish bo‘yicha ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hisobiga korxona sof foydasini oshirishning 2024-2025 yillarga mo‘njallangan prognoz ko‘rsatgichlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining  “2030 yilgacha bo‘lgan davrda kichik biznes faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish va rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-03/3756 -son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida kichik biznes sub’ektlarida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tayyorlangan innovatsion loyihalar samaradorligini aniqlash uslubiyoti asosida tijoratlashtirish mezoni yaratilgan hamda loyiha doirasida ajratilgan investision mablag‘lardan samarali foydalanishni nazoratga olish imkoni yaratilgan.
kichik biznes subektlarining innovatsiyaga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish doir ilmiy loyihaning natijadorligini  ilmiy tadqiqot ishlar (R&D), protatib va sinov (Prs), moliyalashtirish (Ml), marketing va bozor (Mrb), tijoratlashtirish (Tij) jarayonlarining maqbul nisbati (0,25; 0,15; 0,25; 0,17; 0,18)ni ta'minlash orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2022-yil  6-iyuldagi  “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston  Respublikasining  innovatsion  rivojlanish  strategiyasini  amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-307-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-03/3756 -son ma’lumotnomasi). Ushbu  taklifni  amaliyotga  joriy  qilish  natijasida  hududlarda  224 ta tijoratlashtirish  loyihalari  kichik  biznes  sub’ektlari  tomonidan  amalga  oshirilib, innovatsion  ishlanmalarning  tijoratlashtirish  salmog‘i  o‘rtacha  20 foiz  oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi va Namangan viloyati bo‘yicha innovatsion jarayonlarda 2027-yilga qadar faol bo‘lishi kutilayotgan kichik biznes sub’ektlarining prognoz ko‘rsatgichlaridan Innovatsion rivojlanish agentligining  “2030 yilgacha bo‘lgan davrda kichik biznes faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish va rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-03/3756 -son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika bo‘yicha kichik biznes subektlari innovasion faoliyatini rivojlantirishning asosiy parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish