Sattarova Dilfuza Dilshodbekovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada islom moliyasi tashkilotlari samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish» (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4214.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibadullaev Dilshad Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada islom moliyasi tashkilotlari faoliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliya-kredit muassasalari, ijtimoiy omillar, raqamli platformalar, kichik va o‘rta biznes korxonalari, tarmoq va mahalliy investisiyalar oqimini oshirishda mintaqada faoliyat yuritayotgan banklarda islom darchalarini ochish dasturlari ishlab chiqilgan;
islom moliyasi mablag‘larini qo‘llash tarafdorlari islomiy lizing (bitim shartlari maksimal darajada adolatlilik va shaffoflikka asoslangan moliyalashtirish ) - 60 foiz, murobaha (nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish) - 71 foiz, salam (oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish) - 60 foiz, muzoraba (foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish) - 56 foiz, mushoraka (sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish) - 42 foizi asosida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishi asoslangan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investisiyalarni islom moliyasi tamoyillariga muvofiq bo‘lgan investisiyalar – islom lizingi (Urganch shahri, Urganch va Shovot tumanlari), murobaha (Yangiariq, Xonqa va Bog‘ot tumanlari), salam (Xiva shahri, Xiva va Qo‘shko‘pir tumanlari), muzoraba (Gurlan va Yangibozor tumanlari), mushoraka (Hazorasp va Tuproqqala tumanlari) bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish taklifi kiritilgan;
mintaqada islom moliyasi mablag‘larini joriy qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada islom moliyasi tashkilotlari faoliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
moliya-kredit muassasalari, ijtimoiy omillar, raqamli platformalar, kichik va o‘rta biznes korxonalari, tarmoq va mahalliy investisiyalar oqimini oshirishda  mintaqada banklarda islom darchalarini ochish dasturlari ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10464-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuzilgan  dastur asosida Xorazm viloyati shahar va tumanlarida islom moliyasi imkoniyatlaridan foydalanish darajasi baholangan, tashqi va ichki investisiyalardagi o‘zgarishlarni yalpi hududiy mahsulotga ta’siri tahlil qilingan;
islom moliyasi mablag‘larini qo‘llash tarafdorlari islomiy lizing (bitim shartlari maksimal darajada adolatlilik va shaffoflikka asoslangan moliyalashtirish ) - 60 foiz, murobaha (nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish) - 71 foiz, salam (oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish) - 60 foiz, muzoraba (foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish) - 56 foiz, mushoraka (sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish) - 42 foizi asosida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 4-fevraldagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 37-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-13-noyabrdagi 07-4-09/10464-son ma'lumotnomasi). Natijada islom moliyasi mablag‘lari ishlatilgan investisiya dasturlari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investisiyalarni islom moliyasi tamoyillariga muvofiq bo‘lgan investisiyalar – islom lizingi (Urganch shahri, Urganch va Shovot tumanlari), murobaha (Yangiariq, Xonqa va Bog‘ot tumanlari), salam (Xiva shahri, Xiva va Qo‘shko‘pir tumanlari), muzoraba (Gurlan va Yangibozor tumanlari), mushoraka (Hazorasp va Tuproqqala tumanlari) bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10464-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm  viloyatining 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 5,2 trln. so‘mlik iqtisodiyot tarmoqlarida 428 ta investision loyihalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy  etilgan;
mintaqada islom moliyasi mablag‘larini joriy qilish hamda  yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10464-son ma’lumotnomasi). Natijada 2028-yilga kelib Xorazm viloyati YaHM hajmi 1,4 barobarga, investisiyalar hajmi 2 barobarga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish