Allanazarov Uralbay Kazakbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada kichik biznesning ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyoti” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2810.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibadullaev Ergash Bakturdievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznesni ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish orqali tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy, Mo‘ynoq, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Nukus, Taxiatosh, Kegeyli, Xo‘jayli, Chinboy tumanlarini to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
mintaqada kichik biznesning eksportdagi ulushini 7-8 foizga, ish bilan bandlardagi ulushini 3-4 foizga oshirish uchun kichik sanoat tadbirkorligi hisobiga qishloq xo‘jaligi xom ashyosini 80 foizdan kam bo‘lmagan darajada qayta ishlashning maqbul darajasi asoslangan;
kichik biznesning investisiya me’yori va mehnat unumdorligini oshirish ishlab chiqarish salohiyatini mos ravishda 0,628 foiz hamda 0,155 foizga o‘sishini ta’minlashiga ko‘ra uzoq muddatli kreditlar (3-5 yillik) ko‘lamini oshirish asoslangan;
mintaqada iqtisodiy resurslardan maqbul foydalanish hisobiga  kichik biznesning ishlab chiqarish salohiyatining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada kichik biznes ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy, Mo‘ynoq, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Nukus, Taxiatosh, Kegeyli, Xo‘jayli, Chinboy tumanlarini to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa hududlarini to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashuvi o‘rtacha 2-4 foizga oshgan;
mintaqada kichik biznesning eksportdagi ulushini 7-8 foizga, ish bilan bandlardagi ulushini 3-4 foizga oshirish uchun kichik sanoat tadbirkorligi hisobiga qishloq xo‘jaligi xom ashyosini 80 foizdan kam bo‘lmagan darajada qayta ishlashning maqbul darajasi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyotida kichik biznes korxonalari sonini 100 tagacha oshirish imkomiyati yaratilgan;
kichik biznesning investisiya me’yori va mehnat unumdorligini oshirish ishlab chiqarish salohiyatini mos ravishda 0,628 foiz hamda 0,155 foizga o‘sishini ta’minlashiga ko‘ra uzoq muddatli kreditlar (3-5 yillik) ko‘lamini oshirish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa kichik biznes faoliyatida mehnati unumdorligini o‘rtacha 5-7 foizga oshirish ta’minlangan;
mintaqada iqtisodiy resurslardan maqbul foydalanish hisobiga  kichik biznesning ishlab chiqarish salohiyatining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi RS/09-09/-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada kichik biznesning ishlab chiqarish salohiyatini 1,3 baravarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish