Artikbaeva Gulstan Kojashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gaz konlari kollektor gidrodinamik parametrlarining o‘zgarishini hisobga oluvchi filtratsiya masalasini sonli modellashtirish”, 05.01.07 - “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4182.
Ilmiy rahbar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Shaxlo Azimbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Aminov Sabur Muxtarovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bir va ikki qatlamli filtratsiya sohalarida g‘ovaklik parametrining bosimga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olgan holda gaz filtratsiya jarayonining matematik modellarini takomillashtirish va hisoblash algoritmlarini hamda tajriba natijalarini tahlil qilishda sonli natijalarni grafik ko‘rinishlarda taqdim etuvchi dasturiy majmuani yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz qatlamlarida g‘ovaklik parametrini bosimga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olgan holda gaz filtratsiya jarayonlarining matematik modeli takomillashtirilgan;
ishlab chiqilgan matematik modelni asosida chekli ayirmalar va iteratsiya usullaridan foydalanib ikki o‘lchovli masalani sonli yechish algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘zaro dinamik aloqadagi ikki qatlamli gaz konlarida g‘ovaklik koeffisientini bosim funksiyasiga nisbatan o‘zgarishini hisobga olgan holda filtratsiya jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan va hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
bir va ikki qatlamli g‘ovak muhitlarda g‘ovaklik koeffisientini bosim funksiyasiga nisbatan o‘zgarishini hisobga olgan holda takomillashtirilgan matematik model, sonli echish sxemasi va algoritmlar asosida dasturiy majmuaning funksional tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz konlari kollektor gidrodinamik parametrlarining o‘zgarishini hisobga oluvchi filtratsiya masalalarini echishning chekli-ayirmalar usuliga asoslangan holda hisoblash algoritmlari hamda yaratilgan dasturiy majmua asosida:
gaz qatlamlarida g‘ovaklik parametrini bosimga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olgan holda gaz filtratsiya jarayonlarining takomillashtirilgan matematik modeli “Gaz filtratsiya masalalarida g‘ovaklik koeffisientining bosim o‘zgarishiga bog‘liqligini hisobga olish” dasturiy ta’minoti “Koson neft gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJ ga qarashli korxonasi ob’ektlarida joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar Vazirligining 2024 yil 19-dekabrdagi 33-8/8678 - sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida sonli natijalarni 3D grafik ko‘rinishlarda kuzatish imkonini bergan, olingan natijalar aniqligi va ishonchliligi oshgan hamda xatoliklarni 8 % ga kamaytirishga va hisoblashga ketgan vaqt 5% gacha kamayishiga erishish imkonini bergan.
o‘zaro dinamik aloqadagi sust o‘tkazuvchan qatlamga ega ikki qatlamli gaz konlarida g‘ovaklik koeffisientini bosim funksiyasiga nisbatan o‘zgarishini hisobga olgan holda filtratsiya jarayonining matematik modeli “O‘zaro dinamik bog‘langan gaz qatlamlarida g‘ovaklik koeffisientining bosimga bog‘liq ravishda o‘zgarishini hisoblash dasturi” va “Matlab amaliy dasturlar paketida gaz konlarini o‘zlashtirishda asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblash dasturiy majmui” “Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi”da joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar Vazirligining 2024 yil 19-dekabrdagi 33-8/8678 - sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xatoliklar 8% ga, hisoblashga ketgan vaqt 20-30% gacha kamayish imkonini bergan.