O‘razmatov Tohir Quronbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oftalmologik tasvirlarni raqamli qayta ishlash algoritmi va dasturiy majmuasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4636.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vosilevich, texnika fanlari doktori, professor, Abdurashidova Kamola Turgunbaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oftalmologik tasvirlarni raqamli ishlash algoritmlarini ishlab chiqish va ular asosida ko‘z kasalliklarini tashxislashga ko‘maklashuvchi dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oftalmologik tasvirlarni optimal chegaraviy qiymat orqali Haar veyvletidan foydalangan holda siqish algoritmi ishlab chiqilgan;
Gabor filtr orqali qayta ishlangan oftalmologik tasvirlarni tasniflovchi neyron tarmoq arxitekturasini loyihalash bosqichlari ishlab chiqilgan;
diabetik retinopatiyani aniqlash dasturiy vositasi hamda fundus apparat- dasturi o‘rtasida integratsiyani amalga oshiruvchi dasturlararo muloqot algoritmi ishlab chiqilgan;
oftalmologik tasvirlarda diabetik retinopatiyani aniqlash hamda ularni sinflarga ajratish dasturiy majmuasining funksional moduli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan oftalmologik tasvirlarga raqamli ishlov berish va qayta ishlash hamda retinopatiyani aniqlash va kasallikni darajalarga ajratuvchi dasturiy majmua:
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida lazerli diagnostika laborotoriyasida retinopatiyaning darajasini aniqlash va tahlil qilishda joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7163 ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarni qabul qilish imkoniyati va qamrovi 31.67% ga oshgan, dasturiy majmua orqali bemorlarni qabul qilish va tashxis qo‘yish vaqti qariyib teng yarmiga qisqargan;
Ishlab chiqilgan oftalmologik tasvirlarga raqamli ishlov berish va qayta ishlash hamda retinopatiyani aniqlash va kasallikni darajalarga ajratuvchi dasturiy majmua: Xorazm viloyati Urganch shahri “Baxtiyor Yogʻdu” xususiy klinikasida ko‘zdagi retinopatiya kasalligini tahlil qilishda joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7163 ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarga tashxis qo‘yish vaqti 20 minutdan 10 minutga qadar kamaytirilgan. Bunda retinopatiyaga chalingan bemorlarning 93 foiziga dastur orqali to‘gʻri tashxis qo‘yilgan.
 Ishlab chiqilgan oftalmologik tasvirlarga raqamli ishlov berish va qayta ishlash hamda retinopatiyani aniqlash va kasallikni darajalarga ajratuvchi dasturiy majmua: Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi oftalmologiya bo‘limida joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7163 ma’lumotnomasi). Natijada so‘nggi olti oy mobaynida  oftalmologiyaga tashrif buyurgan 475 ta bemordan 156 tasida retinopatiya aniqlangan va tashxis qo‘yish aniqligi 82 foizdan 92 foizga ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish