Mavlanova Barchinoy Shonazar qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4559.
Ilmiy rahbar: Adilova Guzal Abdazovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshiruvchi integratsion-tizimli mexanizmi taklif etilgan;
iqtisodiy sohalar tarkibida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash mumkinligi taklif etilgan;
Xorazm viloyati mintaqasida savdo salohiyatini oshirish orqali erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish tuzilmasi takomillashtirilgan;
Xorazm viloyati tuman va shaharlarida sanoat zonasi (Urganch sh., Hazorasp t., Bog‘ot t., Tuproqqal’a t.) maxsus zona (Gurlan t., Yangibozor t., Urganch t., Yangiariq t.), yagona zona (Xiva sh., Xiva t., Qo‘shko‘pir t., Xonqa t., Shovot t.,) hududlarini tashkil etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xorazm viloyati mintaqasida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlarining samaradorligini oshiruvchi integratsion-tizimli mexanizmi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Xorazm va Dashoguz viloyatlari chegarasida O‘zbek-Turkman chegara savdo zonasi – Savdo markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 10-7140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishiga oid dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
iqtisodiy sohalar tarkibida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Xorazm va Dashoguz viloyatlari chegarasida O‘zbek-Turkman chegara savdo zonasi – Savdo markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 10-7140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini o‘rtacha 3-5 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati mintaqasida savdo salohiyatini oshirish orqali erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish tuzilmasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Xorazm va Dashoguz viloyatlari chegarasida O‘zbek-Turkman chegara savdo zonasi – Savdo markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 10-7140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Xorazm viloyati mintaqasida erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish va ta’minlashga qaratilgan modellarni qurishga erishilgan;
Xorazm viloyati tuman va shaharlarida sanoat zonasi (Urganch sh., Hazorasp t., Bog‘ot t., Tuproqqal’a t.) maxsus zona (Gurlan t., Yangibozor t., Urganch t., Yangiariq t.), yagona zona (Xiva sh., Xiva t., Qo‘shko‘pir t., Xonqa t., Shovot t.,) hududlarini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Xorazm va Dashoguz viloyatlari chegarasida O‘zbek-Turkman chegara savdo zonasi – Savdo markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 10-7140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati shahar va tumanlarida turli shakldagi iqtisodiy zonalarni tashkil etish orqali 50 nafar yangi ish o‘rni yaratish imkonini bergan.