Qurbonov Nazarbek Baxronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Covid - 19 bilan kasallangan keksa yoshdagi bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi xastaligini kechishining uziga xos xususiyalari” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4366.
Ilmiy raxbar: To‘laboeva Gavhar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.11.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqahhor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirsaidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: SYuE va Covid-19 bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarining profilaktikasini samaradorligini tahlil qilish va asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik-gemodinamik ko‘rsatkichlar, hayot sifati, klinik holati va miokardning jismoniy zo‘riqishga chidamliligi hamda 12 oylik kuzatuv natijalari dinamikasi asoslangan;
bemorlarda yurak faoliyatining tiklanishi va asoratlarning rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda chap qorinchaning diastolik funksiya ko‘rsatkichlari virus qayd etilmagan bemorlarga nisbatan yuqori darajada ekanligi va profilaktikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi isbotlangan;
COVID-19 va SYuE bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi va 12 oydan keyingi laborator va instrumental tekshiruv natijalari ilk marta qiyosiy baholangan va bu asosida kasallikning kechishi va davolash jarayonining samaradorligini prognozlash uchun yangi qiyosiy parametrlari aniqlangan;
COVID-19 va SYuE bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarini profilaktika qilish uchun zamonaviy farmakoterapevtik preparatlarning samaradorligi ilmiy asoslangan holda baholangan va ushbu tadqiqot davolashda individual yondashuvi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchili va virus bilan zararlanish kuzatilgan bemorlarda yurak qon tomir xastaliklari asoratlarini profilaktikasi borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda endotelial disfunksiya, yallig‘lanish va dislipidemiya jarayonlari virus qayd etilmagan bemorlarga nisbatan keskin o‘zgarishlarga uchragan bo‘lib, ushbu o‘zgarishlar SYuEning funksional sinflari o‘sishi bilan yanada yaqqol namoyon bo‘lgani aniqlanganligi ushbu xulosalar asosida ishlab chiqilgan takliflar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi №49-oilaviy poliklinikada joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarni muntazam tekshiruvdan o‘tkazib borish orqali ularning hayot sifati va miokardning jismoniy yuklamaga chidamliligini yaxshilash imkoni yaratdi.Iqtisodiy samaradorligi: ambulator sharoitda klinik holatni yaxshilash hisobiga davolash xarajatlari kamayib, davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinadi; Xulosa: SYuE va Covid-19 bilan o‘g‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda jiddiy asoratlardan o‘lim ko‘rsatgichini, nogironlik darajasini takroriy shifoxonalarga yotqizilish ko‘rsatgichlarini kamaytirishga yordam beradi. Ayni shu guruh bemorlarda Coviddan keyingi bosqichda SYuE va Covid-19 ga chalingan bemorlarni unumli va maqsadli davolash katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda chap qorinchaning diastolik funksiya ko‘rsatkichlari virus qayd etilmagan bemorlarga nisbatan yuqori darajada ekanligi va profilaktikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan farmakoterapiyada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan o‘zgarishlar esa SYuEning funksional sinflari ortgan sari yanada yaqqol namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlandi. Shu xulosalar asosida ishlab chiqilgan takliflar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi №50-oilaviy poliklinikada amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda asoratlarning oldini olish maqsadida instrumental hamda laboratoriya tekshiruvlari nazorat qilib borilishini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: ambulator sharoitda jiddiy tekshiruv natijalarini o‘z vaqtida aniqlab, korreksiyalash orqali davolash bilan bog‘liq xarajatlar qisqartiriladi; Xulosa: SYuE va Covid-19 bilan o‘g‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda jiddiy asoratlardan o‘lim ko‘rsatgichini, nogironlik darajasini takroriy shifoxonalarga yotqizilish ko‘rsatgichlarini kamaytirishga yordam beradi. Ayni shu guruh bemorlarda Coviddan keyingi bosqichda SYuE va Covid-19 ga chalingan bemorlarni unumli va maqsadli davolash katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: 12 oydan keyingi takroriy kuzatuvlarda, Covid-19 va SYuE bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda o‘lim holatlari, shifoxonaga yotqizilish holatlari va shifokorga murojaat qilish ko‘rsatkichlari virus qayd etilmagan bemorlarga nisbatan ishonarli darajada yuqori ekanligi isbotlanganligi mazkur xulosalardan kelib chiqqan takliflar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi №49-oilaviy poliklinikada joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: keksa yoshli bemorlarda SYuE tashxisi qayd etilganda EXOKG (exokardiografiya) tekshiruvini tizimli nazorat qilish imkoniyati yaratildi, bu esa bemorlarda kasallikni erta aniqlash va asoratlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy samaradorligi: ambulator sharoitda muntazam EXOKG tekshiruvi orqali kasallikni og‘irlashuvini kamaytirish natijasida byudjet mablag‘lari tejalishi ta’minlanadi; Xulosa: SYuE va Covid-19 bilan o‘g‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda jiddiy asoratlardan o‘lim ko‘rsatgichini, nogironlik darajasini takroriy shifoxonalarga yotqizilish ko‘rsatgichlarini kamaytirishga yordam beradi. Ayni shu guruh bemorlarda Coviddan keyingi bosqichda SYuE va Covid-19 ga chalingan bemorlarni unumli va maqsadli davolash katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: asoratlarni profilaktika qilish maqsadida samarali boshqaruv algoritmi takomillashtirilgan xamda o‘zining tibbiy va iqtisodiy samaradorligi isbotlangani asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi №49 va №50-oilaviy poliklinikalarda tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi :SYuE jadallashuvi va asoratlarida muhim rol` o‘ynaydigan xavf omillarini bartaraf etish, farmakoterapiyani takomillashtirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: ambulator sharoitda xavf omillarini yo‘q qilish va to‘g‘ri farmakoterapiyani tanlash orqali davlat byudjeti mablag‘lari tejaldi, masalan bemorlarning takroriy shifoxonalarga yotqzilish ko‘rsatgichlari kamayishi bilan 780000 so‘m, shifoxonada qolish kunlari qisqarishi bilan 420000 so‘m, ambulator sharoitida shifokorlarga murojaati kamayish bilan 210000 so‘m tejalgan; Xulosa: SYuE va Covid-19 bilan o‘g‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda jiddiy asoratlardan o‘lim ko‘rsatgichini, nogironlik darajasini takroriy shifoxonalarga yotqizilish ko‘rsatgichlarini kamaytirishga yordam beradi. Ayni shu guruh bemorlarda Coviddan keyingi bosqichda SYuE va Covid-19 ga chalingan bemorlarni unumli va maqsadli davolash katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi.