Nizamatdinov Kayrat Keunimjaevichning
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 - “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Yu54.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar doktori, professor Matqurbanov Rashid Joldasbaevich.    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Babayev Djaxongir Ismailbekovich;  
yuridik fanlar doktori, professor Choriev Murod Shokirjonovich;
yuridik fanlar doktori, dotsent Ashurova Nargiza A’zamovna
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi”.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mobil aloqa xizmatlarining mohiyati, o‘ziga xos hususiyatlari va huquqiy tartibga solishning muhim jihatlarini aniqlash, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishning shartnomaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy g‘oyalar hamda qonunchilikni takomillashtirisha oid tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanilganida intellektual mulk ob’ektlari hisoblanishi asoslantirilgan;
mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan fayllar intellektual mulk ob’ekti sifatida asarning o‘ziga xos shakli ekanligi asoslangan;
operatorlarga va provayderlarga telekommunikatsiya inshootlari va ob’ektlaridan foydalanish vazifalarni bajarish uchun berilgan erlar telekommunikatsiya tarmoqlarining aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan erlari tarkibiga kirishi lozimligi asoslantirilgan;
mobil aloqa xizmatlarining ro‘yxati mobil aloqa tarmog‘ining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib operator (provayder) tomonidan belgilanishi zarurligi asoslangan;
xizmatlarning pullik ekanligi to‘g‘risida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan to‘lov undirilganda ushbu xatti-harakat ko‘rsatilmagan xizmatlarga to‘lov undirishga tenglashtirilishi asoslantirilgan;
operator tarmog‘ida mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishining to‘xtalishiga olib keladigan holatlar haqida operator (provayder) abonentlarni xabardor qilish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni huquqiy tartibga solish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
barcha turdagi elektron hisoblan mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanilganida intellektual mulk ob’ektlari sifatida muhofaza qilinishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 19-son qarorining 26-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 11 noyabrdagi №04/448-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilishning huquqiy asosi yaratilishiga xizmat qilgan;
mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan fayllar intellektual mulk ob’ekti hisoblangan asarning shakli ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 19-son qarorining 30-bandi uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 11 noyabrdagi №04/448-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijtimoiy tarmoqdagi fayllarni ham asarning shakli sifatida belgilashga xizmat qilgan;
operatorlarga va provayderlarga telekommunikatsiya inshootlari va ob’ektlaridan foydalanish vazifalarni bajarish uchun berilgan er uchastkalari telekommunikatsiya tarmoqlarining erlari hisoblanishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 6 iyundagi O‘RQ-775-son “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 7 noyabrdagi 35-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlarning erga nisbatan huquqlarini belgilashga xizmat qilgan;
mobil aloqa xizmatlarining ro‘yxati operatorga tegishli bo‘lgan mobil aloqa tarmog‘ining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator (provayder) tomonidan belgilanishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 144-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 7 iyundagi №20-8/3786-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi abonentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxatini shakllantirish asosini aniqlashtirish imkonini bergan;
xizmatlarning pullik ekanligi to‘g‘risida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan ayrim pullik xizmatlar uchun to‘lov undirilgan holda ushbu xatti-harakat ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovga tenglashtirilishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 149-bandi ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 7 iyundagi №20-8/3786-son dalolatnomasi). Ushbu taklif abonent huquqlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan;
operator tarmog‘ida mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishining to‘xtalishiga olib keladigan holatlar haqida operator (provayder) abonentlarni xabardor qilishga majburligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 149-bandi to‘rtinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 7 iyundagi №20-8/3786-son dalolatnomasi). Mazkur taklif abonentlar mobil aloqa tarmog‘idagi uzulishlar borasida axborot olish huquqi egaligi aniq o‘rnatilishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish