Xudaybergenova Zamira Isqaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imitatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6969.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktorı, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imitatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi va psixologik pedagogik xususiyatlari mazkur pedagogik fenomenning kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijodiy fikrlash, bilishga doir mustaqillik, ijodiy faollik va qiziquvchanlik darajasini ifoda etadigan shaxsning integrativ sifati bilan bog‘liq aksiomatik nazariyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirish jarayoni rolli, ishbop, interfaol, treningli, kompyuterli o‘yinli va tahliliy, guruhiy munozara, loyihalashtirish kabi o‘yinga asoslanmagan imitatsion texnologiyalarning binar imkoniyatlarini hamkorlikka asoslanib kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirishning nazariy modeli o‘zaro bir-biriga bo‘ysunadigan va o‘zaro bir-birini taqozo etadigan uchta ierarxik komponentlarning (maqsadli, mazmunli, jarayonli) strategik va taktik maqsadlar bilan barqaror identivlikka ega bo‘lishini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlari pedagogik va mutaxassislik fanlarining mazmunini maqsadli tanlash, tuzish, shakl, metod va vositalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro aloqador majmuaviy chora-tadbirlarni (holat, qoida, talablar) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imitatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishninga doir ilmiy izlanishlar natijasi asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi va psixologik pedagogik xususiyatlarini mazkur pedagogik fenomenning kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijodiy fikrlash, bilishga doir mustaqillik, ijodiy faollik va qiziquvchanlik darajasini ifoda etadigan shaxsning integrativ sifati bilan bog‘liq aksiomatik nazariyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-401-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirish jarayonini rolli, ishbop, interfaol, treningli, kompyuterli o‘yinli va tahliliy, guruhiy munozara, loyihalashtirish kabi o‘yinga asoslanmagan imitatsion texnologiyalarning binar imkoniyatlarini hamkorlikka asoslanib kengaytirish hamda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning nazariy modelini o‘zaro bir-biriga bo‘ysunadigan va o‘zaro bir-birini taqozo etadigan uchta ierarxik komponentining strategik va taktik maqsadlar bilan barqaror identivlikka ega bo‘lishini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” (2021-2023-yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 11-05-6954/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida pedagogik vaziyatlarni imitatsion modellashtirish malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy salohiyatni rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlarini pedagogik va mutaxassislik fanlarining mazmunini maqsadli tanlash, tuzish, shakl, metod va vositalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro aloqador majmuaviy chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-401-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishga hamda ularning oilalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishga tayyorgarligini oshirishga erishilgan.