Eshankulov Alisher Pardabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xalqaro aloqalarinining institutsional mexanizmlarini takomillashtirish. 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bahodir Hojiqurbonovich, siyosiy fanlari doktori, professor. Nayimov Otabek Mardonovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xalqaro aloqalarining institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosiy strategiyasi va xalqaro hamkorlik aloqalarining jo‘g‘rofiy kengayish tendensiyalari, xalqaro va mintaqaviy darajadagi noa’nanaviy chaqiriqlarning milliy manfaatlarga ta’sirini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Xalqaro masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashini ta’sis etish zarurati asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis faoliyati samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyati va mazmun-mohiyati xususida jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, mamlakat tashqi siyosiy tashabbuslari to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga to‘laqonli va xolisona axborot berish hamda parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish tizimiga asoslangan “Raqamli parlament” konsepsiyasini qabul qilish va “Parlament” telekanalini tashkil etish zarurligi dalillangan;
xalqaro maydonda xalq va davlat manfaatlarini ilgari surish, parlamentlararo institutlar faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish, parlament diplomatiyasini amalga oshirish va bu jarayonlarda parlamentarizm milliy kadrlar maktabini takomillashtirishga qaratilgan davlatning ustuvor maqsadlaridan kelib chiqqan holda Parlamentlararo Ittifoqning Butunjahon yoshlar qo‘mitasini tashkil etish taklifini ilgari surish muhimligi dalillangan;
Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ochiq, pargmatik va ahil qo‘shnichilik tamoyillari natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan o‘zaro ishonch, birdamlik va xalq diplomatiyasi muhiti, milliy parlamentning mintaqaviy aloqalarini institutsional jihatdan takomillashtirish zarurati hozirda faoliyat yuritayotgan Markaziy Osiyo parlamentlari forumi negizida O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo Parlamentlararo Assambleyasini ta’sis etishga asos bo‘lishi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish bo‘yicha mutlaq vakolatlarini yanada kengaytirish, xususan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining faoliyatiga doir hisobotlarni palataning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi orqali  davriy ravishda  eshitish vakolatini kiritish zarurligi asoslangan;  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xalqaro aloqalarining institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosiy strategiyasi va xalqaro hamkorlik aloqalarining jo‘g‘rofiy kengayish tendensiyalari, xalqaro va mintaqaviy darajadagi noan’anaviy chaqiriqlarning milliy manfaatga ta’sirini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Xalqaro masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashini ta’sis etish zarurligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yilgi dasturini ishlab chiqish jarayonida foydalanildi (Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2025-yil 31-yanvardagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatining 2025-yilgi dasturini ishlab chiqildi, ushbu dasturga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qoshida Xalqaro masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashi ta’sis etildi;
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda, parlament faoliyatiga oid axborotlarni jamoatchilikka, jumladan, jahon afkor-ommasiga tezkor etkazish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish tizimiga asoslangan “Raqamli parlament” konsepsiyasini qabul qilish lozimligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida foydalanildi (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 02/4-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil 24-iyuldagi 3373–IV-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini raqamlashtirishga doir ishlarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 26- dekabrdagi 3861–IV-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini raqamlashtirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlari hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiilgan;
Markaziy Osiyo parlamentlari forumi negizida O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo Parlamentlararo Assambleyasini ta’sis etishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/6-10-2462 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada  2024-yilning 23-avgust kuni 4772–IV/KQ-805–IV-sonli “Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini o‘tkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati kengashlari qarorining 4-ilovasi Markaziy Osiyo davlatlarining 2-Parlamentlararo forumi konsepsiyasini, xususan, “Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikning yangi shakllari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish” va Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumining “Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida har tomonlama strategik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdorimiz” deb nomlangan Deklaratsiyasi ishlab chiqilgan;
Xalqaro maydonda xalq va davlat manfaatlarini ilgari surish, parlamentlararo institutlar faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish, parlament diplomatiyasini amalga oshirish va bu jarayonlarda parlamentarizm milliy kadrlar maktabini takomillashtirishga qaratilgan davlatning ustuvor maqsadlarini amalga oshiruvchi Parlamentlararo Ittifoqning Butunjahon yoshlar qo‘mitasini tashkil etish zarurligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 02/4-96 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilning 23-avgust kuni 4772–IV/KQ-805–IV-sonli “Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining 2-Parlamentlararo forumini o‘tkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari kengashlari qarorining 4-ilovasi Markaziy Osiyo davlatlarining 2-Parlamentlararo forumi konsepsiyasi “Mintaqa darajasidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda yoshlarning ishtiroki” mavzusidagi 4-panel sessiyasi ma’lumotlari va forum Deklaratsiyasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish bo‘yicha mutlaq vakolatlarini yanada kengaytirish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanildi (Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 31- yanvardagi 1–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning 9-moddaga (O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda) yangi qo‘shimchalar kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish