Tursunova Muxabbat Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning individual strategiyasini rivojlantirish  metodikasini takomillashtirish’’, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8317.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kenjaeva Muxayyo Abdumurodovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umrzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Badelbaeva Yulduzbonu Orifjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillshtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy kasbiy ideal namuna haqidagi tasavvurlar faoliyat turlarida individual-shaxsiy ishtirok etishi, o‘quv materiallarini refleksiyalash hamda “til shaxsini” bosqichma – bosqich rivojlantirishning yaxlit, o‘zgaruvchan jarayon sifatidagi qadrli munosabatlarni kiritish asosida aniqlangan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirishda “Mashqlar tahlili”, “Tashabbusli  nutq”  usuli, “Guessing”, “Role-plays” (Sahna o‘yinlari),” Project-based learning”(loyiha asosida o‘rganish) metodlari asosida matn va lug‘at ustidagi tasvirlash, izohlash, muhokama, taqqoslash ishlari  imkoniyatlarini va imloviy savodxonlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish metodikasi shaxsning tayanch madaniyati, kasbiy faoliyatga qadrli munosabati va kasb vazifalarini shaxsan hal etish hamda ta’lim jarayonlarini modellashtirish, kasbiy faoliyat individual strategiyasini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash, komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish samaradorligi pedagogik faoliayat hamda uning ahamiyatli sifatlarini va ijodiy faoliyatga munosabatlarini aniqlash hamda individual shaxsning ishtiroki darajasi motivatsiya, aprobatsiya, refleksiya mezonlari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish  metodikasini takomillashtirish natijalari:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy kasbiy ideal namuna haqidagi tasavvurlar faoliyat turlarida individual-shaxsiy ishtirok etishi, o‘quv materiallarini refleksiyalash hamda “til shaxsini” bosqichma – bosqich rivojlantirishning yaxlit, o‘zgaruvchan jarayon sifatidagi qadrli munosabatlarni kiritishga oid takliflardan “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 sentyabrdagi 11-05-4568/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchisi kasbiy faoliyatining individual strategiyasini rivojlantirish metodikasi traektoriyasini shakllashtirish tartibi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirishda “Mashqlar tahlili”, “Tashabbusli  nutq”  usuli, “Guessing”, “Role-plays” (Sahna o‘yinlari), “Project-based learning”(loyiha asosida o‘rganish) metodlari asosida matn va lug‘at ustidagi tasvirlash, izohlash, muhokama, taqqoslash ishlari  imkoniyatlarini va imloviy savodxonlikni ta’minlashga oid takliflardan “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 sentyabrdagi 11-05-4568/04-son dalolatnomasi). Natijada, kasbiy masalalarni hal etishga individual ravishda yondashish qobiliyatini bosqichma bosqich anglashda taʼsir etuvchi omillar belgilab berilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish metodikasi shaxsning tayanch madaniyati, kasbiy faoliyatga qadrli munosabati va kasb vazifalarini shaxsan hal etish hamda ta’lim jarayonlarini modellashtirish, kasbiy faoliyat individual strategiyasini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash, komponentlarini kiritishga oid tavsiyalardan “Learning language step by step ” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 sentyabrdagi 11-05-4568/04-son dalolatnomasi). Natijada, kasbiy faoliyat individual strategiyasini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash, komponentlarini kiritishga xizmat qilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining individual strategiyalarini rivojlantirish samaradorligi pedagogik faoliayat hamda uning ahamiyatli sifatlarini va ijodiy faoliyatga munosabatlarini aniqlash hamda individual shaxsning ishtiroki darajasi motivatsiya, aprobatsiya, refleksiya mezonlari asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Learning language step by step ” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 sentyabrdagi 11-05-4568/04-son dalolatnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan innovatsion model bo‘lajak chet tili o‘qituvchisini kasbiy faoliyatini  samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish