Adilov Mirkomil Miralimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4700
Ilmiy rahbar: Vahobov Alisher Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Ulug‘bek Saidkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirish hamda kreditlash uchun zarur resurslarini shakllantirish va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklaridagi jalb qilingan foizli xarajatli resurslar va olinadigan foizli daromadlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida kredit qo‘yilmalari manbalari va ularning tarkibiy tuzilishini optimal holatga keltirish orqali bank aktivlari daromadliligi darajasini qo‘shimcha 2 foizga qadar oshirish imkoni asoslangan;
tijorat banklarida mijozlarning faolligini rag‘batlantirish hamda kredit operatsiyalarining asosiy manbai sifatida muddatli depozitlar ulushini jami resurslar tarkibida 40-45 foiz darajasiga erishish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va resurslar jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalarni samarali amalga oshirish taklifi asoslangan;
bankning kredit potensialiga muvofiq moliyaviy resurslarni jalb qilish asosida bankning kreditga yo‘naltirilgan resurslarini optimal holatga keltirish hamda kredit portfelining daromadliligini o‘rtacha 1,5-2 foiz oraliqda ko‘paytirish orqali tijorat banklari kredit qo‘yilmalari manbalarini samarali shakllantirish asoslangan;
O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy resurslari hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model` asosida kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklaridagi jalb qilingan foizli xarajatli resurslar va olinadigan foizli daromadlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida kredit qo‘yilmalari manbalari va ularning tarkibiy tuzilishini optimal holatga keltirish orqali bank aktivlari daromadliligi darajasini qo‘shimcha 2 foizga qadar oshirish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Asakabank” AJning 2024-yil 4-noyabrdagi 19-01/1047-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Asakabank” AJning kredit qo‘yilmalari manbalari va ularning tarkibiy tuzulishi optimal holatga keltirilib, bank aktivlari daromadliligi (ROA) darajasini 2,0% gacha oshirish mavjudligi belgilangan;
tijorat banklarida mijozlarning faolligini rag‘batlantirish hamda kredit operatsiyalarining asosiy manbai sifatida muddatli depozitlar ulushini jami resurslar tarkibida 40-45 foiz darajasiga erishish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va resurslar jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalarni samarali amalga oshirish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Asakabank” AJning 2024-yil 4-noyabrdagi 19-01/1047-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Asakabank” AJning kredit operatsiyalari uchun asosiy moliyaviy manba bo‘lgan muddatli depozitlar ulushini jami resurslar tarkibida 40-45% darajasida ta’minlash imkonini yaratgan;
bankning kredit potensialiga muvofiq moliyaviy resurslarni jalb qilish asosida bankning kreditga yo‘naltirilgan resurslarini optimal holatga keltirish hamda kredit portfelining daromadliligini o‘rtacha 1,5-2 foiz oraliqda ko‘paytirish orqali tijorat banklari kredit qo‘yilmalari manbalarini samarali shakllantirish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Asakabank” AJning 2024-yil 4-noyabrdagi 19-01/1047-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Asakabank” AJning kredit potensialiga asoslanib moliyaviy resurslarni jalb qilish asosida bankning kreditga yo‘naltirilgan resurslari optimal holatga keltirilib, kredit portfelining daromadliligi o‘rtacha 1,5-2,0% oraliqda ko‘paytirish imkoni tahlil qilingan;
O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy resurslari hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model` asosida kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirishning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan joriy qilingan (“Asakabank” AJning 2024-yil 4-noyabrdagi 19-01/1047-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida “Asakabank” AJning moliyaviy resurslari hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, kredit qo‘yilmalari manbalarini optimallashtirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.