Kutlimuratov Farxad Kalbaevichning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat yuridik shaxsni qayta tashkil etishda kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish”, 12.00.03 - “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu143.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlar doktori, professor Oqyulov Omonboy
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Gulyamov Said Saidaxrarovich;
yuridik fanlar doktori, professor Topildiev Voxidjon Raximjonovich;
yuridik fanlar doktori, professor Mirodiljon Baratov Xomudjonovich.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijoratchi yuridik shaxslar qayta tashkil etilganida kreditorlarning huquqlarini himoya qilishning universal va maxsus mexanizmlarini aniqlash hamda ularni qo‘llashning muhim va asosiy jihatlarini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xususiy korxonani qayta tashkil etish mulkdorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozimligi asoslangan;
xo'jalik jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida qayta tashkil etish masalalarida murosasiz ziddiyatlar natijasida tegishli qaror qabul qilish uchun ovozlar soni etarli bo‘lmaganda jamiyatni qayta tashkil etish masalalari sud tomonidan hal etilishi asoslantirilgan;
yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar – ustav fondi miqdori oshirilganda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligi asoslangan;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi qayta tashkil etishni rad etishga sabab bo‘lishi asoslangan;
sud orqali yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda kreditor huquqlarini himoya qilish huquqini birinchi instansiya sudida ish qo‘zg‘atish uchun kreditorni xabardor qilmaslik, uning manfaatlarini ta’minlovchi vositalarning ko‘rilmaganligi asos bo‘lishi asoslantirilgan;
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkinligi, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat yuridik shaxslar qayta tashkil etishda kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiy korxona uning mulkdorining yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudning qaroriga ko‘ra qayta tashkil etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi “Tadbirkorlik subektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021 yil 7 dekabrdagi 43-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif xususiy korxonanning ixtiyoriy va majburiy tartibda qayta tashkil etishning asoslarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar sababli qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun etarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi munosabati jamiyatni qayta tashkil etish masalalari yuzasidan nizoni sud tartibida hal etish to‘g‘risidagi taklif “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021 yil 7 dekabrdagi 43-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni qayta tashkil etishda ishtirokchilar o‘rtasidagi yagona to‘xtamga kelinmaganda yuzaga keladigan vaziyatni sud tartibda hal etishning huquqiy asoslarini yaratgan;
yuridik shaxsni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga quyishning avtomatlashtirilgan tizimi vositasida tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchunchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar – ustav fondi miqdori oshirilganda so‘rovnomaga ilova qilinishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik bo‘limining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-80-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga quyishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirishda xizmat qilgan;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagon identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi to‘grisidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik bo‘limining 2022 yil 3 noyabrdagi 12/21-80-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
sud orqali kreditorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birinchi instansiya sudida ish qo‘zg‘atish uchun qonunda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etish lozimligi, bunday shartlar sifatida kreditorlarni qayta tashkil etish to‘g‘risida xabardor qilmaslik sud tomonidan qayta tashkil etish haqidagi murojaatlarni qabul qilish va ko‘rishni rad etish uchun asos bo‘lishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 3.07.2020 yildagi 11-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining dalolatnomasi). Mazkur taklif sud orqali kreditor huquqlarini himoya qilish asoslarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;