Suyundikov Lochinbek Akmaljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda tashabbusli byudjetlashtirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2992
Ilmiy rahbar: Urmonov Jahongir Jaloliddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nomurzaev Umid Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: “G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali”
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda tashabbusli byudjetlashtirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish taklifi asoslangan;
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar tuman (shahar) hokimliklarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari shaklida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlash taklifi asoslangan;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlarni jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini joriy qilish hamda tashabbusli byudjetlashtirish jarayonining hududlardagi ijrosini baholab borish maqsadida tuman (shahar) faolligi reytingini joriy qilish taklif etilgan;
tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida etarlicha ovoz yig‘ilmagan, biroq har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda byudjetdan mablag‘ ajratish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yangi O‘zbekistonda tashabbusli byudjetlashtirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining birinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 27 iyuldagi 15-77386-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilda ilk marotaba o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” dasturiga byudjetdan 530,0 mlrd. so‘mdan 2022 yilda 2 510,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishiga erishilgan;
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar tuman (shahar) hokimliklarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari shaklida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining uchinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 27 iyuldagi 15-77386-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni samarali jamlash hamda ularni sarflanishi nazoratini ta’minlash imkoni yaratilgan;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlarni jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini joriy qilish hamda tashabbusli byudjetlashtirish jarayonining hududlardagi ijrosini baholab borish maqsadida tuman (shahar) faolligi reytingini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
25 oktyabrdagi PQ-409-son “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning uchinchi va o‘ninchi bandlarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 27 iyuldagi 15-77386 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln. so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln. so‘m yo‘naltirilgan;
Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida etarlicha ovoz yig‘ilmagan, biroq har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda byudjetdan mablag‘ ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117 son “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning birinchi bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 27 iyuldagi 15-77386-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratilishiga erishilgan.