Ergashev Ma’rufjon Muxammadjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan borona diskli yumshatgichlarining parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T223.

Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Juamabaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ismoil Toshkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsiyalashgan borona diskli yumshatgichlarining agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kombinatsiyalashgan diskli borona tarkibidagi diskli yumshatkichlarning ramada yakka tartibda va qatorlab o‘rnatilish sxemasi ishlab chiqilgan va ularning texnologik ish jarayoni asoslangan;

diskli yumshatgichlarning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar olingan va ular asosida diskli yumshatkichlarning maqbul parametrlari aniqlangan;

diskli yumshatgichlarning ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqaror harakati ularning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan masofaga bog‘liqligi asoslangan va uning maqbul qiymati aniqlangan;

kombinatsiyalashgan diskli borona agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlari diskli yumshatgichlarning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘lanishlar asosida ularning maqbul qiymatlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kombinatsiyalashgan borona diskli yumshatkichlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

erlarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun tayyorlash hamda serkesak erlarga ekish oldidan ishlov berishda texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va kombinatsiyalashgan diskli borona konstruksiyasini loyihalash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik topshiriq “Yangiyo‘l-Agromash” MChJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-171-son ma’lumotnomasi). Natijada har biri alohida o‘rnatiladigan disklardan tashkil topgan osma va yuqori manyovrli kombinatsiyalashgan diskli borona konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

erlarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun tayyorlash hamda serkesak erlarga ekish oldidan ishlov berish uchun ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan diskli borona O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Yangiyo‘l, Quyichirchiq va Chinoz tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-171-son ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni bug‘doy va takroriy ekinlarni ekish uchun tayyorlashda yonilg‘i sarfi 1,3 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 34,7 foizga kamaygan;

kombinatsiyalashgan diskli boronani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 02/023-171-son ma’lumotnomasi). Natijada osma va yuqori manyovrli kombinatsiyalashgan diskli boronani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish