Primov Obidjon Musirmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Korrupsiyaga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv va tergov organlarining hamkorligini takomillashtirish”, 12.00.09 “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1360
Ilmiy rahbar: Tursunov Botir Radjabovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Muminov Muzaffar Erkinovich yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv va tergov organlarining hamkorligini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga qarshi kurashishda isbotlash majburiyati tezkor-qidiruv va tergov organlari zimmasiga yuklatilganligi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish prinsipidan kelib chiqqan holda isbotlashga majbur emasligi asoslantirilgan;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashda qonun normalarini buzgan holda olingan dalillardan qonuniylik va adolatni ta’minlash shartligi sababli odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi isbotlangan;
korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlar doirasida sodir etilgan harakatlardan kelib chiqib, aybdorlarning harakatlari qo‘shimcha ravishda har bir shaxsning o‘zining aybi uchun javobgarligini ro‘yobga chiqarish zaruriyatiga ko‘ra firibgarlik va pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
pora bergan shaxslarning bu haqida ariza berganligi ularning harakatlarida boshqa jinoyat tarkibi borligi sababli ularni jabrlanuvchi deb topishga asos bo‘lmasligi, moddiy boyliklar qaytarilmasligi va davlat egaligiga o‘tkazilishi kerakligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy Qonunining 1-moddasiga asosan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 28-moddasining uchinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 12-sentyabrdagi 04/2-09-3422-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni amalga oshirishda shaxs huquq va erkinliklarini ta’minlash darajasini oshirilishiga xizmat qilgan;
qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy Qonunining 1-moddasiga asosan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 29-moddasining to‘rtinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 12-sentyabrdagi 04/2-09-3422-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni amalga oshirishda dalillar maqbulligi qoidalariga rioya etilishi darajasini oshirilishiga xizmat qilgan;
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2023-2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli Strategiyasi»ning 3-bobi 3.8-bandi 2-kichik bandini shakllantirishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 29-iyuldagi 08/575-23-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mexanizmlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikning rivojlantirilishiga xizmat qilgan.
qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan bo‘lsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozimligi, qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil
23-iyundagi 17-sonli qarori 24-bandining uchinchi qismi shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 29-iyuldagi 08/577-23-son dalolatnomasi). Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni amalga oshirishda aybdorlarning harakatlarini to‘liq huquqiy baho berish tartibi shakllantirilishiga xizmat qilgan.
pora beruvchilarni porada tovlamachilik yoki pora berganlik to‘g‘risida o‘ttiz sutka mobaynida ixtiyoriy ariza berish asoslariga ko‘ra jinoiy javobgarlikdai ozod etish bu shaxslarning harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligini bildirmasligi sababli ular jabrlanuvchi deb topilmasligi va pora tariqasida berilgan boyliklarni qaytarib olishni talab qilishga haqli emasligi to‘g‘risilagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 9-sonli qarorining 9-bandining birinchi xatboshisi shakllantirilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 29-iyuldagi 08/577-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik natijalarining samaradorligi darajasi oshirilishiga xizmat qilgan.