Quryozov Akbar Quramboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshidagi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik va funksional o‘zgarishlar, stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va rivojlanishi istiqbolini belgilash mezonlarini ishlab chiqish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib807.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Komilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: AbuAli Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti  (Tojikiston  Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik va funksional o‘zgarishlarni o‘rganish va baholash, stomatologik kasalliklarini erta tashxislash, oldini olish orqali rivojlanishi istiqbolini belgilash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stomatologik patologiya  bilan bog‘liq shikoyatlardan  estetik nuqson shaharlik ayollar tomonidan qishloqda yashovchilarga nisbatan  ishonarli  ko‘p, yuvganda milklar qonashi ishonarli kam bo‘lgan, har ikkala shikoyat orasida tafovut  borligi shaharlik ayollarda estetik ko‘rinish va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga e’tibor yuqoridigi  bilan asoslangan;
qishloqda yashovchi ayollarda shaharliklarga nisbatan o‘rta karies, gingivit,  parodontoz,  parodontit  morfofunksional ko‘rsatqichlar asosida ishonarli darajada ko‘p uchragani  isbotlangan;
qishloq tumanlarida yashovchi fertil yoshdagi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shillik qavati kasalliklaridan aftoz stomatit,  travmatik stomatit , kandidozli stomatit shaharlik ayollarga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashi isbotlangan  , gerpetik stomatit bo‘yicha hududlararo farq yo‘kligi aniqlangan;  
ilk bor stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlari yomonlashganlik belgisi qishloqda yashovchi ayollarda stomatologik kasalliklar ko‘pligi, stomatologik kasalliklarga xos shikoyatlar, stomatologik tashhislar aniqlanishi, KPO indeksi va intensivligi bo‘yicha protezlashga bo‘lgan muhtojlik bilan ifodalanganligi isbotlangan, shunday holatga olib kelgan og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi, stomatologik xizmat, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga olgan 7 ta xavf omillari aniqlangan;  
ilk bor fertil yoshdagi ayollar stomatologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha konseptual yondoshuvga asoslangan stomatologik kasalliklar birlamchi va ikkilamchi profilaktikani mukammallashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan, unga asosan stomatologik salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika ushbu ayollar turar joyi (qishloq, shahar) va yoshini (19-28 yosh, 29-39 yosh, 39-49 yosh) hisobga olgan ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqligi isbotlangan.      
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 13 noyabrdagi №08/27-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: stomatologik patologiya  bilan bog‘liq shikoyatlardan  estetik nuqson shaharlik ayollar tomonidan qishloqda yashovchilarga nisbatan  ishonarli  ko‘p, yuvganda milklar qonashi ishonarli kam bo‘lgan, har ikkala shikoyat orasida tafovut  borligi shaharlik ayollarda estetik ko‘rinish va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga e’tibor yuqoriligi  bilan asoslangan; Ilmiy yangilikning axamiyati: har ikkala shikoyat orasida farq borligi shaharlik ayollarda estetik ko‘rinish va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga e’tibor yuqori ekanligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial bo‘yicha bo‘yruk (15.08.2024 y; №273/11) xamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №52). Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filial bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №105). Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №248). Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №49I). Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (06.09.2024 y; №01-40) bilan amaliyotga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy axamiyati olingan natijalar fertil yoshdagi ayollarada og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik va funksional o‘zgarishlarni o‘rganish, taxlil qilish va baxolash, stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va rivojlanishini bashorat qilish mezonlaringi ishlab chiqish va taxlil qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 632000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: Fertil yoshdagi ayollarda stomatologik kasalliklar  profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 632000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi  ilmiy yangilik: qishloqda yashovchi ayollarda shaharliklarga nisbatan o‘rta karies, gingivit,  parodontoz,  parodontit  morfofunksional ko‘rsatqichlar asosida ishonarli darajada ko‘p uchragani  isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont kasalliklari, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlangan bo‘lib, kuzatilishi mumkin asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:   olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial bo‘yicha bo‘yruk (15.08.2024 y; №273/11) xamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №52). Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filial bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №105). Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha bo‘yruk  (16.08.2024 y; №248). Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №49I). Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (06.09.2024 y; №01-40) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: parodont kasalliklar, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tavsiya etilgan profilaktik tadbirlar stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarinioldini olish va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  Tadqiqotdan olingan natijalar muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 632000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: Fertil yoshdagi ayollarda stomatologik kasalliklar  profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 632000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi  ilmiy yangilik: qishloq tumanlarida yashovchi fertil yoshdagi ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shillik qavati kasalliklaridan aftoz stomatit,  travmatik stomatit , kandidozli stomatit shaharlik ayollarga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashi isbotlangan  , gerpetik stomatit bo‘yicha hududlararo farq yo‘kligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati  stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha uning yomonlashganlik belgilari aniqlanganligi, ushbu ayollar stoma-tologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha konseptual yondoshuvga asos-langan stomatologik kasalliklar profilaktikasini mukammallashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:   olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial bo‘yicha bo‘yruk (15.08.2024 y; №273/11) xamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №52). Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filial bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №105). Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №248). Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №49I). Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (06.09.2024 y; №01-40) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Og‘ish bo‘shlig‘i shilliq parda  kasalliklar, tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tavsiya etilgan profilaktik tadbirlar stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  Tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 632000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: Fertil yoshdagi ayollarda stomatologik kasalliklar  profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 632000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi  ilmiy yangilik:  ilk bor stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlari yomonlashganlik belgisi qishloqda yashovchi ayollarda stomatologik kasalliklar ko‘pligi, stomatologik kasalliklarga xos shikoyatlar, stomatologik tashhislar aniqlanishi, KPO indeksi va intensivligi bo‘yicha protezlashga bo‘lgan muhtojlik bilan ifodalanganligi isbotlangan, shunday holatga olib kelgan og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi, stomatologik xizmat, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga olgan 7 ta xavf omillari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati  tish karioz zararlanishi hamda plombalar borligi bo‘yicha qishloq tumanlari va shaharlik ayollar orasida ishonarli tafovut aniqlanmaganligi , karies bo‘yicha , plombalar bo‘yicha farklar borligi, olib tashlangan tishlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich qishloq ayollariga nisbatan shaharliklarda  ishonarli past bo‘lganligi stomatologlar amaliyoti uchun muhimligi ko‘rsatilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:   olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial bo‘yicha bo‘yruk (15.08.2024 y; №273/11) xamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №52). Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filial bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №105). Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha bo‘yruk  (16.08.2024 y; №248). Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №49-I) . Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (06.09.2024 y; №01-40) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qishloq tumanlari va shahar hududlarida doimiy istiqomat qiluvchi fertil yoshdagi ayollarning ortopedik statusini o‘rganish natijasida turar joyidan qat’iy nazar,  ularda ortopedik xizmat ko‘rsatish darajasi amaliy jihatdan bir xilda ekanligi isbotlanganligi stomatologik xizmatni tashkil etish hamda moliyalashtirishda hisobga olinishi lozimligi ko‘rsatilgan; Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqotdan olingan natijalar muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Fertil yoshdagi ayollarda ortopedik stomatologik salomatligini baxolashda xarajatlar miqdori. Bir bemorni uchun xarajatlar miqdori 125000 bo‘lgani xolda bemorlar cheklangan soni (10) 1250000 xisobiga  iqtisodiy samaradorlik xisoblab chiqildi. Agar profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun har bir ayolga harajatlar miqdori 600000 so‘m tashkil kilsa va 650000 ming iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Agar bemorlarning cheklangan kontingentini (10) o‘rganishda iqtisodiy samara 650000  so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, viloyat va butun Respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich bir necha o‘n baravar ko‘payishi mumkin.
beshinchi  ilmiy yangilik:   ilk bor fertil yoshdagi ayollar stomatologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha konseptual yondoshuvga asoslangan stomatologik kasalliklar birlamchi va ikkilamchi profilaktikani mukammallashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan, unga asosan stomatologik salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika ushbu ayollar turar joyi (qishloq, shahar) va yoshini (19-28 yosh, 29-39 yosh, 39-49 yosh) hisobga olgan ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati  fertil yoshdagi ayollar stomatologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha konseptual yondoshuvga asoslangan stomatologik salomatlikni saqlash bo‘yicha stomatologik kasalliklar profilaktikasini mukammallashtirishning konsepsiyasi stomatologik amaliyotga joriy etish tavsiya etilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial bo‘yicha bo‘yruk (15.08.2024 y; №273/11) xamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №52). Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filial bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024y; №105). Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024y; №248). Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (16.08.2024 y; №49-I). Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha bo‘yruk (06.09.2024 y; №01-40) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan konsepsiya maqsadiga erishish bo‘yicha harakatlar tizimi ishlab chiqilib, unga tadqiqot metodologiyasi, ketma-ketligi, taktik va strategik maqsad, unga erishish yo‘llari, tavsiya etilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash yo‘llari kiritiladi. Iqtisodiy samaradorligi:  Tadqiqotdan olingan natijalar muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: Fertil yoshdagi ayollarda stomatologik kasalliklar  profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish