Maqsudov Dilshod Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonlarida virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda patogenetik asoslangan davolashni qayta takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2131.
Ilmiy rahbar: Xasanov Adxam Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti,.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonasini davolashning patogenetik asoslangan kompleks chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonalarni, hamroh surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda klinik-laborator tahlil o‘tkazilganda yiringli yallig‘lanish jarayonlari surunkali virusli gepatit «V» bilan og‘rimagan bemorlarga nisbatan og‘irroq kechishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda, surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangmagan bemorlarga nisbatan yuz-jag‘ sohasi odontogen abssess va flegmonalarida patogen streptokok va stafilokokklar mikdori 20%, Escherichia - 16%, Candida zamburuqlari-12%, peptostreptokokklar vakillari mikroblarning ko‘payishi aniqlangan va dekametaksin antiseptik eritmasi bilan mahalliy davolash samaradorligi isbotlangan;
surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda odontogen abssess va flegmonalarni davolashda, gepatoprotektor – UDXK va immunomodulyator - azoksimer bromid ta’sir ko‘rsatadigan dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash orqali kompleks davolash usullari takomillashtirilgan;
yuz-jag‘ sohasining abssess va flegmonalarida hamroh kasalligi surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda UDXK va azoksimer bromiddan foydalanish jigar hujayralari funksiyasini tiklanishi, gepatotsitlarning qarshiligini oshirishi, gumoral - to‘qima immuniteti va qonning yallig‘lanish substrati ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada tiklanishi patogenetik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 8 iyuldagi 02/11- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonalarni, hamroh surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda klinik-laborator tahlil o‘tkazilganda yiringli yallig‘lanish jarayonlari surunkali virusli gepatit «V» bilan og‘rimagan bemorlarga nisbatan og‘irroq kechishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bemorlarni davolanish jarrayonida odontogen abssess va flegmonalar bilan betob bemorlarni xamrox kasalligi gepatit “V” bulgan bemorlar guruxdagi umumiy va maxalliy klinik belgilari nazorat guruxga nisbatan 3,4 va 3,3 baravar yallig‘lanish jarrayonini balandligi kursatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (11.05.2024 y.; № 107);) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.03.2024 y; № 520-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy natijalar asosida gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonalarning operatsiyadan keyingi turli xil asoratlarni oldini olish uslubi tadbiq etilgan; Iqtisodiy samaradorligi: biz tomonimizdan ilk bora UDXK preparatining kulllanilishi davolash samaradorligi oshishi xisobiga kasallikni davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishildi. Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasi va Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi 2022 yildagi preyskuranti bo‘yicha 10 kun davolanish uchun 1mln. 100 ming so‘m to‘lov mavjud bo‘lib, biz tomondan taklif etilgan davolash usuliga 800 ming so‘m sarflanadi. 300 ming so‘m tejaladi). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonalarni davolash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan virusli gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi abssessi va flegmonaning klinik ko‘rinishi" uslubiy tavsiyalari tasdiqlandi (sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 27 aprelda 8n-r/383-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy natijalarning joriy etilishi gepatit «V» ning odontogen abssess va flegmonlari bilan birga kechishini erta tashxislash va davolash, bemorlarda asoratlarning oldini olish va rivojlanishni imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik; surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda, surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangmagan bemorlarga nisbatan yuz-jag‘ sohasi odontogen abssess va flegmonalarida patogen streptokok va stafilokokklar mikdori 20%, Escherichia - 16%, Candida zamburuqlari-12%, peptostreptokokklar vakillari mikroblarning ko‘payishi aniqlangan va dekametaksin antiseptik eritmasi bilan mahalliy davolash samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati odontogen abssess va flegmonalarni davolashda, hamroh kasalligi surunkali virusli gepatit «V» bilan betob bemorlarda an’anaviy davolash usuliga gepatoprotektor – UDXK va immunomodulyator - azoksimer bromid ta’sir ko‘rsatadigan dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash orqali kompleks davolash tadbirlari taklif qilingan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoonasi bo‘yicha buyruq (11.05.2024 y.; № 107);) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.03.2024 y; № 520-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda kompleks davo tahlili shakllanishi va rivojlanishining sababi sifatida biz davo etgan antiseptik vosita dekametoksin eritmasi QVPda va poliklinikalarda xirurg stomatologlarga amaliy tavsiya sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga xirurgikik stomatologik kasalliklar kamayishiga va ijtimoiy holat yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: biz tomonimizdan ilk bora UDXK va polioksidoy, preparatlari va antiseptik sifatida dekametoksinning kulllanilishi davolash samaradorligi oshishi xisobiga kasallikni davolashga ketadigan preparat umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishildi. Dekametoksin preparatining mikroorganizmlarga universal(bakteriyalar, zamburuglar, viruslar) ta’sir etishi og‘ir asoratlarning oldini olinishiga erishildi va bemorlar statsionar koyka kunlarini odatdagi 10-12 kundan 8-10 kungacha qisqarishiga olib keldi. 10 kunlik koyka kunlari Toshkent 7- son klinik shifoxonasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi o‘rtacha hisoblanib, 1100000 sumdan 700 ming so‘mgacha qisqarishi aniqlandi va 400 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish:gepatoprotektorlardan foydalangan holda gepatit «V»bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonlarni davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan “Ursosan forte” preparatining virusli gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ flegmonlarini davolashda samaradorligi" uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan (sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 20.06.2022 № 8n-r/648). Ilmiy natijalarning joriy etilishi gepatit «V» dan keyin surunkali odontogen flegmonlarni davolash usullarini takomillashtirish va bemorlarni reabilitatsiya qilish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
uchinchi ilmiy yangilik surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarda odontogen abssess va flegmonalarni davolashda, gepatoprotektor – UDXK va immunomodulyator - azoksimer bromid ta’sir ko‘rsatadigan dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash orqali kompleks davolash usullari takomillashtirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: kasallikning klinik shakliga ko‘ra asoratlarning oldini olish, jarrohlik amaliyotdan keyingi davrning davomiyligi va og‘irlik darajasini kamaytirish, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish uchun yangi davolash taktikasini qo‘llash taklif qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoonasi bo‘yicha buyruq (11.05.2024 y.; № 107);) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.03.2024 y; № 520-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda surunkali virusli gepatit V kasalligi bilan kasallangan va yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonalari bo‘lgan bemorlarda yiringli yallig‘lanish jarayoninng asosiy omillari anamnezi to‘liq yig‘ilib o‘rganildi va biz tomondan taklif etilgan davolash algortmi bemorlar tez tuzalish, koyka kunlari qisqarishi, shifoxonaga kelib ketish sarf xarajatlarining kamayishi va turmush va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarimizga biz tomondan tavsiya etilgan kompleks davo chorasi sifatida tavsiya etilishi, kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. UDXK preparati va geptral preparati 1 oylik kullash vaktda ketgan sarf xarajatlar, UDXK preparatini qo‘llash 1100000 sumga arzon ekanligi anqlandi va biz tomondan taklif etilgan tekshiruvga 270ming so‘m sarflanadi. 900 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: gepatoprotektorlardan foydalangan holda gepatit «V»bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonlarni davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan “Ursosan forte” preparatining virusli gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ flegmonlarini davolashda samaradorligi" uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan (sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 20.06.2022 № 8n-r/648). Ilmiy natijalarning joriy etilishi gepatit «V» dan keyin surunkali odontogen flegmonlarni davolash usullarini takomillashtirish va bemorlarni reabilitatsiya qilish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasining abssess va flegmonalarida hamroh kasalligi surunkali virusli gepatit «V» bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda UDXK va azoksimer bromiddan foydalanish jigar hujayralari funksiyasini tiklanishi, gepatotsitlarning qarshiligini oshirishi, gumoral - to‘qima immuniteti va qonning yallig‘lanish substrati ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada tiklanishi patogenetik jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: odontogen abssess va flegmonalarni hamroh kasalligi surunkali virusli gepatit «V» bilan betob bemorlarda shoshilinch ixtisoslashtirilgan yordamini tashkil etish bo‘yicha taklif etilgan algoritm orqali bemorlarni davolash samaradorligi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 7- son klinik shifoonasi bo‘yicha buyruq (11.05.2024 y.; № 107);) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.03.2024 y; № 520-7-107-TV/2024) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi; asosoiy guruh bemorlarimizga biz tomonimizdan tavsiya etilgan kompleks patogenetik asoslangan davolash algoritmi bemorlar erta vaqtlarda tuzalishi va oilaviy va ijtimoiy holati yaxshilanganligi kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi abssess va flegmonarai va hamroh kasalligi surunkali gepatit V bo‘lgan bemorlarda biz tomondan tavsiya etilgan davo preparatlarining nisbattan kamharjligi va tavsiya etilgan davolash algoritmi effektivligi statsionar yotib davolanish kunlarining sezilarli qisqarishi uning yuz-jag‘ jarrohligi amaliyotida qo‘llanilishi, bir nafar bemor 10 kunlik koyka kunlari Toshkent 7- son klinik shifoxonasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi o‘rtacha hisoblanib, 1100000 sumdan 700 ming so‘mgacha qisqarishi aniqlandi. 400 ming so‘m tejaldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonalarni davolash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan virusli gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi abssessi va flegmonaning klinik ko‘rinishi" uslubiy tavsiyalari tasdiqlandi (sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 27 aprelda 8n-r/383-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy natijalarning joriy etilishi gepatit «V» ning odontogen abssess va flegmonlari bilan birga kechishini erta tashxislash va davolash, bemorlarda asoratlarning oldini olish va rivojlanishni imkonini bergan va gepatoprotektorlardan foydalangan holda gepatit «V»bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonlarni davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan “Ursosan forte” preparatining virusli gepatit «V» bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ flegmonlarini davolashda samaradorligi" uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan (sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 20.06.2022 № 8n-r/648). Ilmiy natijalarning joriy etilishi gepatit «V» dan keyin surunkali odontogen flegmonlarni davolash usullarini takomillashtirish va bemorlarni reabilitatsiya qilish sifatini oshirishga xizmat qiladi.