Toshev Bekzod Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligida endotelin 1 va tomir endoteliy o‘sish omilining miokard remodellanishidagi ahamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib1075.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Sirojiddin Rashidovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha remodellanishining rivojlanishi va turlari bo‘yicha endotelial disfunksiyaning gumoral belgilari - endotelin 1 va tomir endoteliy o‘sish omilining ahamiyatini hamda ularga antioksidant va azot oksidi donatorlari ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronaroangiografiya tekshirish usuli bilan tasdiqlangan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlar 11% ida paradoksal vazokonstriksiya va 56% ida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya darajasining sezilarli pasayishi kabi endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarining faolligi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda miokardning strukturaviy va funksional remodellanish shakllari va endotelial funksiya holati tomir endoteliy o‘sish omili va endotelin-1 ning venoz qondagi konsentratsiyasi miokardning patologik remodellanishi og‘irligi va endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya buzilish darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
chap qorincha gipertrofiyasi remodellanishi va dilatatsiyasi, uchta koronar qon tomir zararlanishi, venoz qonda tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasi, venoz qonda endotelin-1 konsentratsiyasi 1,95 fmol/l dan baland bo‘lishi kabi omillar sistolik disfunksiya bilan miokardni ishemik remodellanishi rivojlanishining markerlari bo‘lib ularning prognostik ahamiyati asoslangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda endoteliy va miokard ishemik disfunksiyasi nuqtai nazaridan trimetazidin va L-argininning tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasiga ta’sir samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligida endotelin 1 va tomir endoteliy o‘sish omilining miokard remodellanishidagi ahamiyati yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha remodellanishining rivojlanishi va turlari baholash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi  ilmiy yangilik: koronaroangiografiya tekshirish usuli bilan tasdiqlangan yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlar 11% ida paradoksal vazokonstriksiya va 56% ida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya darajasining sezilarli pasayishi kabi endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarining faolligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy markazi 02.08.2023 yildagi 47-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Yurak qorinchalari remodellanishida qon tomir endoteliy disfunksiyasining tashxislash tamoyillarini takomillashtirish kasallikni davolash, rivojlanishini oldini olish va uning og‘ir kechishi xavfini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotlar bo‘yicha erta bosqichlarda aniqlangan yurak ishemik kasalligida, tekshirish usullarini o‘tkazish, davolash chora tadbirlari bo‘yicha bir bemor uchun bir yilda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 36,6 foizga iqtisodiy samara bergan. Xulosa: yurak ishemik kasalligini o‘z vaqtida tashxislash va davolash asoratlarni oldini olishga imkon bergan, bu kasallikning rivojlanishini oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichlarining kamaytirishga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda miokardning strukturaviy va funksional remodellanish shakllari va endotelial funksiya holati tomir endoteliy o‘sish omili va endotelin-1 ning venoz qondagi konsentratsiyasi miokardning patologik remodellanishi og‘irligi va endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya buzilish darajasi bilan bog‘liqligi asoslanganligi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 01.08.2023 yildagi 69-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: ushbu bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, o‘lim va nogironlik darajasini pasaytirish, shuningdek, shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va davolanish xarajatlarini kamaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni o‘z vaqtida aniqlanib, bemorlarni ro‘yxatga olinishi va barvaqt davo choralari qo‘llanilishi natijasida bemorlar orasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichining 60-65%ga kamayishi, hamda ularning turmush tarzini yaxshilanishiga olib kelish imkonini bergan. Xulosa: klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga olib kelgan.
uchinchi ilmiy yangilik: chap qorincha gipertrofiyasi remodellanishi va dilatatsiyasi, uchta koronar qon tomir zararlanishi, venoz qonda tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasi, venoz qonda endotelin-1 konsentratsiyasi 1,95 fmol/l dan baland bo‘lishi kabi omillar sistolik disfunksiya bilan miokardni ishemik remodellanishi rivojlanishining markerlari bo‘lib ularning prognostik ahamiyati asoslanganligi Guliston tibbiyot klasteri 17.08.2023 yildagi 90 - sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: tashxislash va davolash usullari o‘ta muhim hamda ustuvor vazifa sifatida tan olingan muammoni aniqlashga va uning amalga oshirilishi kelgusi o‘n yillar davomida aholi salomatligini tiklashga imkon berishi ko‘rsatigan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni o‘z vaqtida aniqlanib, sistolik funksiyani yaxshilash bilan miokard remodellanishi tezlashtirish bemorlar orasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi, hamda ularning turmush tarzini yaxshilanishi imkonini bergan. Xulosa: yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda miokard ishemik remodellanishi rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlik aniqlash hamda klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olishga olib kelgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda endoteliy va miokard ishemik disfunksiyasi nuqtai nazaridan trimetazidin va L-argininning tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasiga ta’sir samaradorligi asoslanganligi Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasi 19.08.2023 yildagi 01/312-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant va azot oksidi donatorlarining samaradorligi, shu jumladan tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasi ta’siriga qarab turli tashhislash va differensial terapiya usullarini qo‘llashning kasallikning erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi uzoq vaqt surunkali ravishda kechib, bemorlar faqat o‘pka patologiyasi tufayli emas, balki yurak qon tomir patologiyasi sababli ham aziyat chekadi. Bu esa bemorlarni qayta - qayta statsionar davolanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, bu davrda bemorlar tashqi nafas faoliyati, hayot sifati ko‘rsatkichlari keskin pasaygan bo‘lib, ular doimiy statsionar davo va o‘rin bosuvchi terapiyaga muhtoj bo‘lib qolishadi. Xulosa: yurak ishemik kasalligida tomir endoteliy o‘sish omili konsentratsiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlash kasallikni o‘z vaqtida tashhislash va uning asoratlarini oldini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish