Xaydarov Xusanboy Baxtiyar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta pnevmotransporti uskunasi uchun resurstejamkor ventilyator konstruksiyasini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2662
    Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon Mashinasozlik instituti, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
    Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahimov Fayzullo Xasanboy o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona palitexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ish rejimini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan resursejamkor ventilyator konstruksiyasini ishlab chiqish orqali paxta mahsulotlarining tannarxini kamaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta pnevmotransporti oqim parametrlarining ventelyator nominal ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘zgarishini hisobga olgan holda havo sarfi va bosimining pnevmotransport tizimida ventilyatordan quvur boshlanishiga tomon chiziqli ravishda kamayib borishi aniqlangan;
markazdan qochma ventilyator hosil qiladigan bosim va havo sarfining invertor qurilmasi tomonidan ventilyator elektr yuritkichiga beradigan tok chastotasi va ventilyator valining aylanish chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
maxsulotni tashish vaqtida drossel parraklariga tola ilashishi va toplanishi quvur kesim yuzasini to‘sishi natijasida uskuna aerodinamik qarshiligini oshirishini hisobga olgan holda ventilyator chiqish kanaliga o‘rnatiladigan, parragi bir tomoni bilan quvur devoriga sharnir vositasida mahkamlangan drossel kontruksiyasi ishlab chiqilgan;
ventilyator parametrlarining uning motoriga berilayotgan tok chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan kelib chiqqan holda paxta pnevmotransportida kichik ventilyator parraklari aylanish tezligini oshirish orqali uning ishchi parametrlarini ko‘tarish usuli ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
paxta pnevmotransporti oqim parametrlarini boshqarish boyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida kerakli ish rejimini yuqori aniqlikda ta’minlab bera oladigan, oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ventilyator va uning ish rejimini ratsional boshqarish mexanizmi ishlab chiqilgan;
ventilyator parametrlarining uning motoriga berilayotgan tok chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan kelib chiqqan holda paxta pnevmotransportida kichik ventilyator parraklari aylanish tezligini mexanik usulda oshirish va invertor orqali uning aylanish chastotasini boshqarish yo‘li bilan ventilyator ishchi parametrlarini ko‘tarish usuli ishlab chiqilgan.
pnevmotransport uskunasida oqim paramtrlarini boshqaruvchi drosselning  ventilyator chiqish kanali devoriga mahkamlangan sharnirga uning atrofida buraladigan va tolali chiqindi ilashmaydigan qilib o‘rnatilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasi uchun oqim parametrlarini boshqarish mexanizmiga ega bo‘lgan ventilyator konstruksiyasi ishlab chiqish bo‘yicha qilingan tadqiqot natijalari asosida:
oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan drosselli ventilyator konstruksiyasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi»  tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “SOHIB OMAD BARAKASI” MChJga qarashli Andijon viloyati “Shuro paxta tozalsh” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2024 yil 1 fevraldagi №03-22/58-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushini amaldagi  3,2% dan 2,1 % ga kamaygan;
paxtani yaqin masofalardan tashish bo‘yicha aniqlangan ish rejimlari  «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi»  tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “SOHIB OMAD BARAKASI” MChJga qarashli Andijon viloyati “Shuro paxta tozalsh” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2024 yil 1 fevraldagi №03-22/58-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtani yaqin masofalardan tashishda energiya sarfini soatiga 52,3 kWt dan 30,2 kVt ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish