Axrorxo‘jaeva Zarina Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik elektr stansiyalari energiya samaradorligini quyosh konsentrator qurilmalaridan foydalanib oshirish)”, 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2891.
Ilmiy rahbar: Matjanov Erkinjon Kazakboevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amalda ishlatilayotgan bug‘ turbinali issiqlik elektr stansiyalarida quyosh energiyasi issiqligidan foydalanish bo‘yicha optimal texnologik sxemalarni ishlab chiqish va ularning energetik hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amalda ishlatilayotgan bug‘ turbinali issiqlik elektr stansiyalari asosida yaratiladigan quyosh-yoqilg‘i gibrid elektr stansiyalari issiqlik sxemalarini hisoblashning matematik modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
bug‘ turbinali issiqlik elektr stansiyalari asosida yaratiladigan quyosh-yoqilg‘i gibrid elektr stansiyalari uchun bug‘ qozonidagi yoqilg‘i sarfining o‘zgarishini hisobga oladigan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning foydali ish koeffisientini hisoblash ifodasi taklif qilingan;
quyosh energiyasi issiqligining ta’minot suvini regenerativ qizdirish tizimiga kiritish joyi harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish foydali ish koeffisienti shunchalik yuqori bo‘lishi asoslanib, bu ko‘rsatgich oxirgi yuqori bosimli regenerativ suv qizdirgichini quyosh issiqlik qurilmalariga qisman almashtirilganda 27 % ga teng bo‘lishi aniqlangan;
bug‘ qozonining ekonomayzeri va bug‘latish isitish yuzalarini quyosh bug‘ generatori bilan qisman almashtirish bo‘yicha yaratilgan sxema asosida quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish foydali ish koeffisientining eng yuqori qiymati 34,4 % ga teng bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalda ishlatilayotgan bug‘ turbinali issiqlik elektr stansiyalar asosida yaratiladigan quyosh-yoqilg‘i gibrid elektr stansiyalari issiqlik sxemalarini hisoblash matematik modeli va algoritmlarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PVK-150 energetik blokining yuqori bosimli №6 ta’minot suvi regenerativ qizdirgichini quyosh issiqlik qurilmalari bilan qisman almashtirish bo‘yicha yaratilgan sxema «Toshkent IES» AJda joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2023 yil 28 dekabrdagi № 05-20/1782-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh energiyasi issiqligini ta’minot suvini regenerativ qizdirish tizimiga kiritish hisobiga yillik iqtisodiy samara 4 543 142 000 (to‘rt milliard besh yuz qirq uch million yuz qirq ikki ming) so‘mni tashkil etgan va 4 510 693 kg shartli yoqilg‘ini tejash imkoniyati yaratilgan;
bug‘ qozonidagi yoqilg‘i sarfining o‘zgarishini hisobga oladigan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning foydali ish koeffisientini aniqlash ifodasi «Toshkent IES» AJda istiqbolli loyihalarda foydalanish uchun qabul qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2023-yil 28-dekabrdagi № 05-20/1782-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish foydali ish koeffisienti oxirgi yuqori bosimli regenerativ suv qizdirgichini qisman quyosh issiqlik qurilmalariga almashtirilganda 27 % ga hamda bug‘ qozonining ekonomayzeri va bug‘latish isitish yuzalarini quyosh bug‘ generatori bilan qisman almashtirilganda 34,4 % ga teng bo‘lishini ilmiy asoslash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish