Kavkatbekov Murodjon Mamitbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kullik darajasi yuqori bo‘lgan Angren qo‘ng‘ir ko‘miri uchun gazifikatsiyalash qurilmasini ishlab chiqish va tadqiq etish”, 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3160.
Ilmiy rahbar: Babaxodjaev Raximjan Pachexanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzakov Gulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Shaislamov Alisher Shabduraxmanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kullik darajasi yuqori bo‘lgan polidispers Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasini takomillashtirish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirining kullik va namlik darajasining yuqoriligini hisobga  olgan holda past navli ko‘mirni gazifikatsiyalash jarayonlarini tahlil qilish asosida qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasi takomillashtirilgan;
qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasiga beriladigan ko‘mirning boshlang‘ich diamerti, qatlamlarning harorati omillarining o‘zgarishini inobatga olgan holda gazifikatsiya vaqti, gazifikatsiyalash qurilmasining balandligi, gazifikatsiya jarayoni harorati hamda hosil bo‘ladigan gazning kimyoviy tarkibini aniqlash imkonini beruvchi matematik model takomillashtirilgan;
qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasining yonish zonasida havoni teng taqsimlanishini hisobga olgan holda generator gazi yonish issiqligining kul miqdori darajasi va namlikga bog‘liqligini aniqlash asosida gazifikatsiya jarayonining statsionar holatini ifodalovchi havoning ortiqchalik koeffisientining ratsional qiymatlari α= 0,5-0,7 ga, yonish zonasi balandligining qayta tiklanish zonasi balandligiga nisbati 0,5 ga, ko‘mir zarrachalarining o‘lchamlari 10-20 mmga tengligi aniqlangan;
qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasida ko‘mirining namlik, kul hamda ko‘mir zarralarining o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda gazifikatsiyalash jarayonlarning bir vaqtda sodir bo‘lishi asosida generator gazining yonish issiqligini oshirish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kullik darajasi yuqori bo‘lgan Angren qo‘ng‘ir ko‘miri uchun takomillashtirilgan gazifikatsiyalash qurilmasini va gazifikatsiya jarayononing matematik modelini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasi “Angren IES” AJ da  joriy etilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2024 yil 26 dekabrdagi 02-06/2149 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qatlamli gazifikatsiyalash qurilmasi yordamida qo‘ng‘ir ko‘mirdan generator gazini olish va shu orqali atrof-muhitga chiqadigan zararli gazlarning miqdorini kamaytirish, qozon qurilmasini ishlash davrini uzaytirish imkoniyati yaratilgan;
gazifikatsiya jarayononing statsionar holatini ifodalovchi havoning ortiqchalik koeffisientining ratsional qiymatlari, yonish hududi balandligining qayta tiklanish zonasi balandligiga nisbati, ko‘mir zarrachalarining o‘lchamlari “Angren IES” AJning TP-230-2 turidagi qozon qurilmasida joriy etilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2024 yil 26 dekabrdagi 02-06/2149 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Angren IES” AJ ga “Erostigaz” AJ tomonidan etkazib beriladigan gazning yonish issiqligiga nisbatan 8 % ga yuqori bo‘lgan generator gazini olish hamda olinadigan issiqlik energiyasining tan narxi 8 % gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
generator gazining yonish issiqligini oshirish usuli “Angren IES” AJ da  joriy etilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2024 yil 26 dekabrdagi 02-06/2149 sonli ma’lumotnomalari). Natijada, kul miqdori darajasi yuqori bo‘lgan polidispers Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini 800 t/yil miqdorida gazifikatsiyalash natijasida yillik iqtisodiy samara 151 272 000 so‘mni tashkil etib, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli moddalar (uchuvchan kul, azot oksidi, karbonat angidrid, oltingugurt angidrid) miqdorini 33 t/yilga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish