Shamsiddinov Elyorbek Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta uchun arrali tola ajratkich ishchi organlarining resurstejamkor konstruksiyalarini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2663
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor; Xusanova Shohida Alibek qizi, (PhD), dots.
Yetakchi tashkilot: Marg‘ilon shahridagi O‘zbekiston tabiiy tolalari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasini ajratish mashinasi uchun, yangi profilga ega bo‘lgan tishli arra silindri konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan tola ajratish jarayoni samaradorligini  oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta chigitining shaklini yarimshar va konus kesishmasi ko‘rinishida qabul qilgan holda uning yon sirti yuzasining matematik ifodasi keltirib chiqarilgan va uning birlik yuzasida joylashgan tolalar soni hamda tola ajratish jarayonida bitta arra tishi bilan ta’sirlashadigan tolalar soni aniqlangan;
paxtadan tolani ajratib olishda arra tishi shakli va o‘lchalarining tolani ilib olish xususiyati va chigitning shikastlanishiga ta’sirini hisobga olgan holda chigit mexanik shikastlanishining oldini oluvchi va tolani ilib olish xususiyatini oshiruvchi arra tishi profili  ishlab chiqilgan;
arra tishlarining tolani ilib olish qobiliyati ularning chigit bilan ta’sirlashuv maydoniga bog‘liqligidan kelib chiqib, tishning bir qismini birinchi yon tomondan, keyingi qismini ikkinchi yondan, qolgan qismini esa ikkinchi tomonidan 0.1-0.2 mm gacha uchlash va to‘mtoqlash orqali, tishlarning tola massasiga kafolatli kirib borishi va tishlarning arra diskining butun qalinligi bo‘yicha ishlashini ta’minlashga asoslangan texnikaviy echim ishlab chiqilgan;
  arrali tola ajratish jarayonida xomashyo valigi va arrali silindr arrasi tishlarining o‘zaro ta’sirlashuvini nazariy tahlil qilish natijasida bir vaqtda xomashyo valigi bilan ta’sirlashadigan tishlar soni va arraning bir marta aylanishida xomashyo valigi bilan ta’sirlashadigan arra sigmenti soni aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
arrali jin mashinasida jinlash jarayonini tahlil qilish imkonini beruvchi mashinaning unumdorligi va tola sifat ko‘rsatkichlarining yangi profilga ega arra tishlari hamda arrali silindr tezligiga bog‘lanish tenglamasi ishlab chiqilgan;
paxta chigitining yon sirti yuzasining matematik ifodasi keltirib chiqarilgan va uning birlik yuzasida joylashgan tolalar soni hamda tola ajratish jarayonida bitta arra tishi bilan ta’sirlashadigan tolalar soni aniqlangan;
    arra tishlarining tolani ilib olish qobiliyatini oshirish uchun, tishning bir qismini birinchi yon tomondan, keyingi qismini ikkinchi yondan, qolgan qismini esa ikkinchi tomonidan 0.1-0.2 mm gacha uchlash va to‘mtoqlash orqali, tishlarning tola massasiga kafolatli kirib borishi va tishlarning arra diskining butun qalinligi bo‘yicha ishlashini ta’minlashga asoslangan texnikaviy echim ishlab chiqilgan;
ishchi silindri tezligi rostlanadigan arrali jinga O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining “Paxta uchun arrali tola ajratkich ishchi organlarining resurstejamkor konstruksiyalarini ishlab chiqish” nomli EHM dasturi uchun DGU 41674 raqamli guvohnomasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arra silindr tezligi rostlanadigan arrali jinlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali silindr tezligi rostlanadigan, yangi profildagi tishlarga ega bo‘lgan arrali jin Andijon viloyati Oltinko‘ tumani «QADIR TEKSTIL KLASTER» MChJ da ishlab chiqarishga joriy etildi («O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» uyushmasining 2024 yil 20 maydagi 03/25-105b-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan I-nav paxtani ishlashda paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 2,3 % ga kamaytirish, shtapel massa uzunligini 0,1 mm ga oshirish, chigitning mexanik shikastlanganligini 1,2 % ga, chigitning tukdorligini 1,8 % ga kamaytirish, IV-nav paxtani ishlashda esa mashina unumdorligini 4,7 % ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish