Abduraxmanov Ulug‘bek Arabdjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston arxitektura yodgorliklari gumbazlarining konstruktiv echimlarini takomillashtirish”, 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4052.
Ilmiy rahbar: Salimov Arifdjan Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Abduvali Abduqodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda barpo etilgan arxitektura yodgorliklari gumbazlarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish va ularning umrboqiyligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arxitektura yodgorliklaridagi gumbazlarning XIII-XVI asrlar oralig‘ida bir qobiqlisi o‘rniga konstruktiv echimiga ko‘ra ichki va tashqi qatlamlar kiritish bilan takomillashtirilib ikki va uch qobiqli qilib qurilishi o‘sha davr shaharsozligiga muhim hissa qo‘shganligi aniqlangan;
IX-XVIII asrlar oralig‘ida Buxoro shahri hududidagi yodgorliklarda charxi, sholg‘omiy, balxi, mehrobiy, qobirg‘ali, qo‘shgumbaz, chortark kabi gumbaz turlari keng qo‘llanilganligi isbotlangan;
tarixiy devor, gumbaz osti va gumbaz konstruksiyalari kompozit armaturalar kiritish orqali kuchaytirilib, keramik g‘ishtlardan tiklangan arxitektura yodgorliklarining zilzilabardoshligini hisoblash usuli kompozit armaturaning parametrlarini inobatga olish hisobiga takomillashtirilgan;
arxitektura yodgorliklari gumbaz, devor konstruksiyalari g‘ishtlari orasiga shisha tolali kompozit armaturalarni kiritish orqali kuchaytirish hisobiga ularning yuk ko‘tarish qobiliyati va ustuvorligi oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. O‘zbekistondagi arxitektura yodgorliklari gumbazlarining konstruktiv echimlarini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arxitektura yodgorliklaridagi gumbazlarning XIII-XVI asrlar oralig‘ida bir qobiqlisi o‘rniga konstruktiv echimiga ko‘ra ichki va tashqi qatlamlar kiritish bilan takomillashtirilib ikki va uch qobiqli qilib qurilishi o‘sha davr shaharsozligiga muhim hissa qo‘shganligi aniqlanganligi hamda IX-XVIII asrlar oralig‘ida Buxoro shahri hududidagi yodgorliklarda charxi, sholg‘omiy, balxi, mehrobiy, qobirg‘ali, qo‘shgumbaz, chortark kabi gumbaz turlari keng qo‘llanilganligi xususidagi taklifi “Oltiariq dizayn” x/korxonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hududida joylashgan “Shox Salim” maqbarasini va Farg‘ona shahridagi “Aloqa bank” binosini ta’mirlash loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi texnik meyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 17 noyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash hamda hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqtning 9 % gasha tejalishiga erishilgan;
tarixiy devor, gumbaz osti va gumbaz konstruksiyalari kompozit armaturalar kiritish orqali kuchaytirilib, keramik g‘ishtlardan tiklangan arxitektura yodgorliklarining zilzilabardoshligini hisoblash usuli kompozit armaturaning parametrlarini inobatga olish hisobiga takomillashtirilganligi hamda arxitektura yodgorliklari gumbaz, devor konstruksiyalari g‘ishtlari orasiga shisha tolali kompozit armaturalarni kiritish orqali kuchaytirish hisobiga ularning yuk ko‘tarish qobiliyati va ustuvorligi oshishi isbotlanganligiga oid takliflar Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan Xonobod shahri hududidagi “Mulla Yunus ota” ziyoratgohini ta’mirlash loyihasini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniy meros agentligining 2023 yil 14-dekabrdagi 17/3-son ma’lumotnomasi). Natijada gumbaz, devor konstruksiyalarini siqilishda ekvivalent kuchlanish qiymati 4.3% ga ortishiga va cho‘zilishdagi ekvivalent kuchlanish qiymati esa 15.6% ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish