Sharopova  Nafosat  Radjabovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”, 08.00.15 -“ Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  
Ilmiy maslahatchi: Zufarova Nozima Gulyamiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes subektlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subektlarida marketing tadqiqotlari loyihasini ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra muayyan marketing maqsadlariga erishishda tadqiqot jarayonlarini tashkil qilishni o‘z ichiga oluvchi tizimli yondashuvlar va usullar majmuasidan foydalanishn onlayn fokus-guruhlari (OFG=20%–25%) va mobil so‘rovlari (MS=75%–80%) bilan integrallashgan vositalarning maqbul nisbatini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;  
kichik biznes subektlarining marketing tadqiqotlari faoliyatida real vaqt rejimida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonlarida Google Analytics platformasidan foydalanilganda, targetlash strategiyasi tahlili (ST=61-65%), raqobatchilar tahlili (RT=15-19%), ijtimoiy media tahlillari (IMT = 26-30%), CRM tizimlari tahlillari (CRMT = 39-43%)da qo‘llashning maqbul chegaralarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarida reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usuli reklama mazmuni (1,38≤RM≤1,48), reklama kanallari (1,180≤RK≤1,90), inflyuenserlarni jalb qilish (2,75≤IJQ≤2,85), reklama berish chastotasi (0,94≤RCh≤1,04), trendlardan foydalanish (0,80≤TF≤0,90) omillarining ta’siri diapazonini belgilash orqali reklama samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
kichik biznes subektlarining LID (Lead Generation) strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan “shaxsiylashtirilgan kontentlarni yaratish”da ijtimoiy tarmoqlar monitoringi, kontent tahlili, SEO tadqiqot usullaridan foydalanish orqali ijtimoiy tarmoqlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish jarayonlari takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda kichik biznes subektlarining eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya modeli asosida 2030 yilga qadar kichik biznes subektlarining eksportdagi ulushining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
kichik biznes subektlarida marketing tadqiqotlari loyihasini ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra muayyan marketing maqsadlariga erishishda tadqiqot jarayonlarini tashkil qilishni o‘z ichiga oluvchi tizimli yondashuvlar va usullar majmuasidan foydalanishn onlayn fokus-guruhlari (OFG=20%–25%) va mobil so‘rovlari  (MS=75%–80%) bilan integrallashgan vositalarning maqbul nisbatini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 14 yanvardagi № 06-10-33-407-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlari faoliyatida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini 34 foizga kamaytirishga erishilgan;
kichik biznes subektlarining marketing tadqiqotlari faoliyatida real vaqt rejimida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonlarida Google Analytics platformasidan foydalanilganda, targetlash strategiyasi tahlili (ST=61-65%), raqobatchilar tahlili (RT=15-19%), ijtimoiy media tahlillari (IMT = 26-30%), CRM tizimlari tahlillari (CRMT = 39-43%)da qo‘llashning maqbul chegaralarini belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 14 yanvardagi № 06-10-33-407-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlarning marketing tadqiqotlari jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini 23 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
kichik biznes subektlarida reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usuli reklama mazmuni (1,38≤RM≤1,48), reklama kanallari (1,180≤RK≤1,90), inflyuenserlarni jalb qilish (2,75≤IJQ≤2,85), reklama berish chastotasi (0,94≤RCh≤1,04), trendlardan foydalanish (0,80≤TF≤0,90) omillarining ta’siri diapazonini belgilash orqali reklama samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 14 yanvardagi № 06-10-33-407-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlarda reklama samaradorligini 26 foizga oshirishga erishilgan;
kichik biznes subektlarining LID (Lead Generation) strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan “shaxsiylashtirilgan kontentlarni yaratish”da ijtimoiy tarmoqlar monitoringi, kontent tahlili, SEO tadqiqot usullaridan foydalanish orqali ijtimoiy tarmoqlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish jarayonlari takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 14 yanvardagi № 06-10-33-407-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Sof group managment», «Orthofoot», «Diamond exslusive tour» «Solara» va «Temir yo‘l mahsulotini sertifikatlashtirish markazi» MChJlarning ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lishlar soni 34 foizga, kontentlarga munosabat bildiruvchilar soni 26 foizga va kontentlarni ulashishlar soni 13 foizga oshirishga erishilgan;
O‘zbekistonda kichik biznes subektlarining eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan kichik biznes subektlarining eksportdagi ulushining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 14 yanvardagi № 06-10-33-407-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes subektlarining eksportdagi hajmining prognoz ko‘rsatkichlari 2025 yilda 8 milliard 637 mln. AQSh dollariga va 2030-yilga borib, 14 milliard 407 mln. AQSh dollariga etkazish mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish