Tuganbekova Nursuluv Erkinbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznes korxonalarining moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3279
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pulatova Moxira Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik va o‘rta biznes korxonalarida moliyaviy boshqaruv tizimining metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir davlat ishtirokidagi korxona uchun xalqaro nufuzli konsalting tashkilotlari ishtirokida o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish amaliyotini joriy etish asosida yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish hamda ushbu korxonalar bazasida kichik va o‘rta biznes (KO‘B) korxonalarini rivojlantirish taklifi asoslangan;
davlat ishtirokidagi korxonalarda xavflarni aniqlash va ularni boshqarish tizimi sifatida xavflarni operativ boshqarish jarayonida aniqlash, ularni bartaraf etish monitoringi hamda vakolatli davlat organi vazifalarini belgilashdan iborat “uch himoya chizig‘i”ni joriy etish asosida kichik va o‘rta biznes korxonalarida moliyaviy, operatsion va boshqa xavflar xaritasini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
investisiya kiritilgandan keyingi davrda kichik va o‘rta biznes korxonalarining pul oqimlarining haqiqiy qiymatini doimiy o‘sish modeli va mul`tiplikator metodlaridan foydalangan holda chegirilgan pul oqimi modeli asosida aniqlash orqali milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
“eng yomon iqtisodiy sharoitlarga ega” hududlarda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari uchun aylanma soliqning pasaytirilgan (5-zona uchun 1%, 4-zona uchun 3%) stavkalarini joriy etish orqali tumanlar va shaharlarni ularning sharoitlari, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirishning yangi yondashuvlarini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik va o‘rta biznes korxonalarida moliyaviy menejment tizimining uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va takliflar asosida:
har bir davlat ishtirokidagi korxona uchun xalqaro nufuzli konsalting tashkilotlari ishtirokida o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish amaliyotini joriy etish asosida yirik korxonalarni transformasiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish hamda ushbu korxonalar bazasida kichik va o‘rta biznes (KO‘B) korxonalarini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi PF-6096-sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni jadal isloh qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2023-yil 10-oktyabr`dagi 0341-2-3153-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik va o‘rta biznes korxonalari korporativ shaffoflikni ta’minlash, korporativ baholashning xalqaro standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish, kichik va o‘rta biznesning moliyaviy va investisiya faoliyati va kapital qiymatini baholash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni prognozlash, o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish mexanizmini amaliyotga tatbiq etishga hissa qo‘shgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarda xavflarni aniqlash va ularni boshqarish tizimi sifatida xavflarni operativ boshqarish jarayonida aniqlash, ularni bartaraf etish monitoringi hamda vakolatli davlat organi vazifalarini belgilashdan iborat “uch himoya chizig‘i”ni joriy etish asosida kichik va o‘rta biznes korxonalarida moliyaviy, operasion va boshqa xavflar xaritasini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-sonli “2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2023-yil 10-oktyabr`dagi 0341-2-3153-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarda “uchta mudofaa chizig‘i”, ya’ni operativ boshqaruv jarayonida risklarni aniqlash va boshqarish, xavflarni aniqlash va bartaraf etish monitoringi tizimi joriy etilgan, vakolatli davlat organining funksiya va vazifalari ham belgilangan;
investisiya kiritilgandan keyingi davrda kichik va o‘rta biznes korxonalarining pul oqimlarining haqiqiy qiymatini doimiy o‘sish modeli va multiplikator metodlaridan foydalangan holda chegirilgan pul oqimi modeli asosida aniqlash orqali milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartida (NSO-6) “Yondoshuvlar va baholash usullari”da qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2023-yil 10-oktyabr`dagi 0341-2-3153-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirish natijasida KO‘B korxonalari moliyaviy aktivlarini baholash metodologiyasida yakuniy qiymatni aniqlash va Milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
“eng yomon iqtisodiy sharoitlarga ega” hududlarda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari uchun aylanma soliqning pasaytirilgan (5-zona uchun 1%, 4-zona uchun 3%) stavkalarini joriy etish orqali tumanlar va shaharlarni ularning sharoitlari, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirishning yangi yondashuvlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-287-sonli “Respublika hududlarini toifalarga bo‘lish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2023-yil 10-oktyabr`dagi 0341-2-3153-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mazkur hududlarda 2023-yilning 9 oyida yangi ro‘yxatga olingan kichik va o‘rta biznes korxonalari soni 2022-yilga nisbatan 1,27 barobarga ko‘paydi, yangi investisiya loyihalari soni 1,34 barobarga, ajratilgan investisiyalar hajmi esa 1,42 barobarga oshdi. Kichik va o‘rta biznes korxonalari ixtiyorida bo‘lgan 79,7 milliard so‘m miqdoridagi qolgan mablag‘lar ularning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va tadbirkorlik subektlariga soliq yukini 2,3 foizga kamaytirish imkonini bergan.