Pardaev Tulkin Nasirovichning
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini undirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.I279.
Ilmiy maslahatchi: Malikov Toxir Sattorovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasi bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar:Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Bobir Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini undirish mexanizmini takomillashtirish borasida ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida undiriladigan bojxona yig‘imlari miqdorining bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketmasligini belgilash orqali bojxona to‘lovlarini undirishning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash asoslangan;
jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan va belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun yig‘im joriy etish asosida bojxona chegarasidan o‘tayotgan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish hamda byudjetga tushumlar hajmini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
majburiyatning sud qaroriga ko‘ra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor bankrot bo‘lganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni umidsiz qarz deb hisoblash orqali bojxona to‘lovlarini undirish mexanizmini takomillashtirish asoslangan;
bojxona to‘lovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblamaslik hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik aniqlovchi axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan «Narx ma’lumotlar byulleteni»ni to‘liq bekor qilish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini miqdoriga ta’sir etuvchi ko‘p omillik ekonometrik tahlillar natijasida bojxona to‘lovlarining optimal miqdori va tushumlarning 2027 yilga qadar o‘rta muddatli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida undiriladigan bojxona yig‘imlari miqdorining bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketmasligini belgilash orqali bojxona to‘lovlarini undirishning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-748-son Qonunining 58-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 16 sentyabrdagi 8/25-23-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona yig‘imlarini bojxonada ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar miqdoriga binoan belgilanishining Jahon savdo tashkiloti talablariga mos kelishi ta’minlangan;
jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan va belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun yig‘im joriy etish asosida bojxona chegarasidan o‘tayotgan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish hamda byudjetga tushumlar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 700-son «Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 16 sentyabrdagi 8/25-23-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona xizmatini amalga oshirilganligi uchun yig‘im joriy etilishi bojxona chegarasidan o‘tayotgan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratgan va bojxona to‘lovlarining ko‘payishiga olib kelgan;
majburiyatning sud qaroriga ko‘ra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor bankrot bo‘lganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni umidsiz qarz deb hisoblash orqali bojxona to‘lovlarini undirish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-748-son Qonunining 70-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 16 sentyabrdagi 8/25-23-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bu yo‘nalishda yillar davomida muammo bo‘lib kelayotgan holatlar o‘z echimini topgan;
bojxona to‘lovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblamaslik hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik aniqlovchi axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan «Narx ma’lumotlar byulleteni»ni to‘liq bekor qilish takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» O‘RQ-748-son Qonunining 67-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-122-son Farmoniga 2-ilovaning 47-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 3 oktyabrdagi 8/25-23-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlikda halol tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar sonining ko‘payishiga, tovarlardan bojxona to‘lovlarini undirishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi bojxona qiymatini aniqlash mexanizmi takomillashuvi orqali tovarlarni bojxona qiymati indeksini oshishiga olib kelgan va bojxona to‘lovlarining asosli ko‘payishiga sabab bo‘lgan;
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini miqdoriga ta’sir etuvchi ko‘p omillik ekonometrik tahlillar natijasida bojxona to‘lovlarining optimal miqdori va tushumlarning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 3 oktyabrdagi 8/25-23-111-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat byudjeti daromadlariga o‘tkaziluvchi bojxona to‘lovlarining o‘rta muddatli istiqboldagi parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.