Xodjaeva Nodira Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin sifatida soyaning yangi navlarini parvarishlashda turli sug‘orish usullarini samaradorligini aniqlash (Andijon viloyati och tusli bo‘z tuproqlar misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx953
Ilmiy rahbar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi,  urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning Vilana, Slaviya va To‘maris navlarini turli sug‘orish usullariga bog‘liq holda o‘sishi, rivojlanishi, don hosili hamda sifatiga ta’sirini o‘rganish va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda takroriy muddatlarda etishtirilgan soyaning To‘maris, Vilana va Slaviya navlarini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda tomchilatib sug‘orish usuli (SU) yordamida sug‘orilganda tuproqning suv-fizikaviy xossalarining yaxshilanishi isbotlangan;
tomchilatib sug‘orish usuli (SU) yordamida 2-7-2 tizimda sug‘orilganda an’anaviy usullarda sug‘orilganga nisbatan 1 sentner hosil olish uchun sarf qilingan suvning miqdori soyaning To‘maris navida 63,0-82,6 m3 gacha, soyaning Vilana navida 58,4-79,0 m3 gacha hamda soyaning Slaviya navida 54,6-75,2 m3 gacha kam suv sarflangani aniqlangan;
soyaning takroriy ekin sifatida etishtirishda, o‘simlik ildiz tizimi asosiy tarqalish chuqurligini 45-50 sm bo‘lishi hisobga olingan holda tomchilatib sug‘orishda sug‘orish 30–50-50 sm qatlamlarda namlash maqbul ekanligi aniqlangan;
soya navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibida, sug‘orishni tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orilganda, sug‘orishni an’anaviy hamda egiluvchan quvurlar yordamida amalga oshirilgan usullarga nisbatan rentabellik darajasi 16,2% gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soya navlarining sug‘orish usullari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
takroriy ekin sifatida ekilgan soya navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida “Takroriy soya navlarining tomchilatib sug‘orish usulida parvarishlash” mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27-mart 05/05-04-104-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va tomorqa er egalari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soya navlarini parvarishlashda tomchilatib sug‘orish usuli asosida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda o‘suv davri davomida 11 marta (urug‘ suvi bilan), mavsum davomida 1295-1380 m3/ga me’yorda sug‘orish Andijon viloyatining Izboskan tumanida joylashgan “Andijon zamin sardori” fermer xo‘jaligining 10,5 ga, “Yangi zamon agro sanoat” fermer xo‘jaligining 12,0 ga, “Polvonov Yo‘ldashali nihollari” fermer xo‘jaligining 11,2 ga jami 33,7 ga maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27-mart 05/05-04-104-son ma’lumotnomasi). Natijada tomchilatib sug‘orish usuli (SU) asosida sug‘orish natijasida an’anaviy usullarga nisbatan mavsumiy sug‘orish suvlarini 727,6-940,1 m3 gacha, 1 sentner hosil etishtirish uchun suv sarfini 54,6-82,6 m3 gacha tejalishiga hamda qo‘shimcha 5-6 s/ga gacha don hosili olingan;
soyaning navlarini parvarishlashda tomchilatib sug‘orish usuli asosida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda o‘suv davri davomida 11 marta (urug‘ suvi bilan), mavsum davomida 1295-1380 m3/ga me’yorda sug‘orish  Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Oq suv ekperemental” fermer xo‘jaligida 11,6 ga, “Muruvvatli Mahmudjon” fermer xo‘jaligining 11 ga, “O‘rinboev Sobir sahovati” fermer xo‘jaligining 10,2 ga, jami 32,8 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27-mart 05/05-04-104-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomchilatib sug‘orish usuli (SU) asosida sug‘orib, qo‘shimcha 5-6 s/ga gacha don hosili olinib, nazorat variantlarga nisbatan 2300,0 ming so‘mgacha, rentabellik darajasi 20-25 foizgacha yuqori bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish