Xakimov Abdumurod Esirgap o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida
falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta tolali O‘zFA-711 g‘o‘za navining ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining barqarorligini saqlash va joriy etish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1196.
Ilmiy rahbar: Ergashev Orif Raxmatullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar experimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning O‘zFA-711 navi (NAP 00353).
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta tolali g‘o‘zaning “O‘zFA-711” navining muhim xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining bir necha avlod o‘simliklarida barqarorligi hamda uning saqlanishi jarayonlarini tahlil qilib borish, navdorligi yuqori bo‘lgan sara urug‘lik chigitlarini etishtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning L-53 liniyasiga xos bo‘lgan bir necha avlod populyasiyalari ustida olib borilgan maqsadli ko‘p martali tanlash uslubi asosida “O‘zFA-711” navi yaratilgan;
maqsadli olib borilgan seleksion urug‘chilik ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-711” navi populyasiyasi fenotipik tekislangan, urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O‘z DSt 633:2006, morfoxo‘jalik belgilari sofligi - O‘zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari - O‘zDSt 604:2001 talablari darajasiga keltirilgan;
g‘o‘zaning “O‘zFA-711” navida morfologik belgilarning bir xilligi va xo‘jalik ahamiyatiga ega ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi irsiy jihatdan ta’minlanganligi aniqlangan hamda keyingi avlodlarda saqlab turishi isbotlangan;
g‘o‘zaning “O‘zFA-711” navini Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida ekilib, parvarishlanganida muhim morfo-xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishi qiyosiy tahlil qilish natijasida g‘o‘za navining seleksion imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta tolali O‘zFA-711 g‘o‘za navining ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining barqarorligini saqlash va joriy etish boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘o‘zaning turichi (G. hirsutum L.) shakllarini (L-9 x L-38) duragaylashdan olingan L-53 tizmasi asosida yangi O‘zFA-711 navi (№ NAP 00353) yaratilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 28-maydagi № 05/04-04-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za genofondi tezpishar, hosildor, tolasining sifati va chiqimi yuqori bo‘lgan yangi nav bilan yanada boyitilgan;
g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-711” navi O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Farg‘ona” filialida tashkil etilgan yangi navlarning urug‘larini dastlabki ko‘paytirish elita urug‘chilik xo‘jaligida dastlabki urug‘lik chigitini ko‘paytirish uchun 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 28-maydagi № 05/04-04-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi g‘o‘za navining Farg‘ona viloyati iqlim sharoitlariga moslashuvchanlikni namoyon etgan o‘simliklari asosida sara urug‘lik chigitlari etishtirilgan;
g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-711” navi 2022-yilda O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Zangiota ilmiy tajriba bazasida 1,0 gektar maydonda urug‘ ko‘paytirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 28 maydagi № 05/04-04-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur g‘o‘za navining Toshkent viloyati iqlim sharoitiga moslashuvchanlikni namoyon etgan o‘simliklari asosida 530 dona yakka va 70 dona oilaviy tanlov namunalari terib olingan hamda 600 kg sara urug‘lik etishtirilgan;
g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-711” navi 2023-yilda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida sinov uchun 5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 28 maydagi № 05/04-04-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur g‘o‘za navidan 42,3 s/ga hosildorlikka erishilib, andoza Buxoro-102 naviga nisbatan 5,2 s/ga yuqori hosil etishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish