Qulmamatova Dilafruz Erkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi bug‘doy va no‘xatning intensiv idiotiplarini modellashtirish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/B212.
Ilmiy maslahatchi: Baboev Saidmurat Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Matniyazova Hilola Xudayberganovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Mirakbar Daniyarovich, biologiya fanlari doktori; Djabborov Ibrohim Shodmanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doy va no‘xatning genotiplarida iqlim o‘zgarishi sharoitlarida korrelyasiya va regressiya tahlili asosida hosildor ideotiplarini modellashtirish hamda molekulyar markerlar yordamida genotiplashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor korrelyasion-regressiya va molekulyar-genetik tahlillar asosida kuzgi bug‘doy va no‘xat o‘simligining hosildor ideotiplari modellashtirilgan;
don hosildorligi regressiyasini  ishlab chiqish asosida bir boshoqdagi don soni va 1000 dona don vazni hosildorlikka  ta’sir etuvchi asosiy omillar ekanligi, kuzgi bug‘doy va kuzgi no‘xat genotiplarining hosildorlik belgilariga “genotip” va “genotip × muhit” (yil)  ning ta’siri yuqori ekanligi hamda no‘xatning hosildorlik belgilari tashqi muhit omillariga ta’sirchan ekanligi aniqlangan;
kuzgi no‘xat genotiplarida aniqlangan fuzariozga chidamlilik asosida OR428171.1 Fusarium acuminatum strain IGPEB-D1 Uzbekiston shtammi tef-1α genining 474 juft nukleotiddan iborat fragmenti sekvenirlangan;
bug‘doyda 1 SPAD birligiga o‘rtacha 14,4 g. don hosildorligi, 39,4 g. biologik hosildorlik, no‘xat o‘simligi namunalarida esa o‘rtacha 3,97 g. don hosildorligi, 11,64 g. biologik hosildorlik to‘g‘ri kelishi aniqlangan va mahsuldor genotiplarni tanlash imkoniyati  SPAD ko‘rsatkichi asosida isbotlangan;
mahalliy va horijiy kuzgi no‘xat namunalarining don hosildorligi va umumiy oqsil miqdori yuqori, almashinmaydigan aminokislotalarga boy genotiplari ajratib olingan;
molekulyar-genetik tahlillar asosida bug‘doy va no‘xat nav namunalarini hosildorlik belgilari bo‘yicha genetik polimorfizmi hamda filogenetik munosabatlari aniqlangan;
intensiv idiotiplarni modellashtirish asosida kuzgi yumshoq bug‘doyning “Ilg‘or”, kuzgi no‘xatning “Darmon” navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuzgi bug‘doy va no‘xat genotiplarida iqlim o‘zgarishi sharoitlarida korrelyasiya va regressiya tahlillari asosida hosildor idiotiplarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Triticum aestivum L. nav va duragaylarida hosildorlik ko‘rsatkichlarining genetik o‘zgaruvchanligi va irsiylanishi bo‘yicha olingan natijalariga yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan uchta chet el ilmiy maqolasida havolalar keltirilgan (PLOS ONE 2023. DOI: https://doi.org/10.1371/journal.pone.0280450 - IF-2.9; SABRAO Journal of Breeding and Genetics, 55 (2) 388-398, 2023. http://doi.org/10.54910/sabrao2023.55.2.11. IF-1.4; SABRAO Journal of Breeding and Genetics 2024. http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.2.5. IF-1.4. Natijada, yumshoq bug‘doy genotiplarida hosildorlik ko‘rsatkichlarining polimorfizmini va bu belgilarning irsiylanishida genetik markerlarni aniqlash imkonini bergan;
no‘xatning Cicer arietinum L. genotiplari hosildorligining multivariatsion klaster tahlili bo‘yicha olingan natijalariga yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan uchta chet el ilmiy maqolasida havolalar keltirilgan SABRAO Journal of Breeding and Genetics. 56 (1) 45-53, 2024 http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.1.4.  SABRAO Journal of Breeding and Genetics 56 (1) 224-231, 2024. http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.1.20.;  SABRAO Journal of Breeding and Genetics 56 (1) 119-128, 2024. http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.1.11. IF-1.4; Natijada, mulvariatsion klaster tahlili no‘xatda hosildorlik ko‘rsatkichlarida asosiy komponentni aniqlash imkonini bergan:
no‘xat ekinini zararlovchi Fusarium acuminatum zamburug‘i shtammining tef-1α geni fragmenti sekvensi bo‘yicha olingan natijalari  NCBI,  EMBL-EBI va DDBJ ma’lumotlar bazasida OR428171.1 ID raqami bilan ro‘yxat o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 13 iyundagi   4/1255-1312 - sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz hududida tarqalgan Fusarium acuminatum shtammlarini o‘ziga xosligini aniqlash hamda ushbu shtammlarning nukleotidlar ketma ketliklari ma’lumotlari dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
kuzgi bug‘doy idiotiplarida yuqori polimorflikni namoyon qilgan mikrosatellit markerlar 2021-2024 yillarda bajarilgan “Qurg‘oqchilikka chidamli istiqbolli navlarni yaratish uchun samarali molekulyar markerlarni ishlab chiqish maqsadida degidrinlarni kodlovchi genlarning yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamlilikdagi hissasini aniqlash” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi  4/1255-2223 - sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning abiotik omillariga bardoshlilik bilan bog‘liq DNK markerlari bug‘doyning past va yuqori haroratga chidamli degidrin oqsillarning sintez bo‘lishini nazorat qiluvchi nomzod genlarni aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish