Isakova Aziza Yadgarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sel xavfini baholash va sel oqimlari maksimal suv sarflarini hisoblash usullarini takomillashtirish (G‘arbiy Tyan`-Shan` kichik daryolari misolida)», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Gr40.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xaydarov Safarboy Abdurashidovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yomg‘irdan shakllanadigan sel oqimlari xavfini baholash va ularning maksimal sarflari ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini takomillashtirish masalalarini G‘arbiy Tyan`-Shanning kichik daryolari misolida ko‘rib chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rganilayotgan hudud daryolari havzalarida hisobga olingan sel oqimlari sonining yil davomida taqsimlanishi va yillararo tebranishlari miqdoriy baholangan;
insonlar hayoti, aholi punktlari, ko‘priklar, aloqa tizimlari uchun sel xavfining turlari aniqlanib, sel oqimlarining tezligi ( , m/s) va maksimal sarflarini (Qmax) hisoblash usullari takomillashtirilgan;
iqlim ilishining turli ssenariylari asosida sel xavfi hamda yomg‘ir genezisli sel toshqinlari maksimal sarflari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari baholangan;
G‘arbiy Tyan`-Shanning tog‘oldi va tog‘ daryolari havzalarida sel oqimlarining takrorlanishi va sel xavfini baholash imkonini beradigan sel toshqinlari xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sel xavfini baholash va kichik daryolar sel oqimlari maksimal sarflarini hisoblash usullarini takomillashtirish masalalarining tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rganilayotgan hududdagi daryolarda qayd etilgan sellar sonining yillararo tebranishi hamda yil davomida oylar va fasllar bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatkichlaridan Gidrometeorologiya xizmati agentligida turli to‘yinish tiplariga mansub bo‘lgan daryolarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari maksimal sarflarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2023 yil 30 oktyabrdagi 30-09/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, sellar sonining turli genezisdagi guruhlar bo‘yicha taqsimoti, ularning yillararo tebranishi hamda yil davomida oylar va fasllar bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi gidrologik ma’lumotlar bazasini to‘ldirish imkonni bergan;
o‘rganilayotgan hudud daryolarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlari – oqim tezligi ( , m/s), maksimal suv sarfi (Qmax) va boshqalarni hisoblashning takomillashtirilgan usullaridan Gidrometeorologiya xizmati agentligida o‘rganilmagan kichik daryolar va soylar gidrologik ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2023 yil 30 oktyabrdagi 30-09/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, sel oqimlarining tezligi, ularning maksimal suv sarflari kabi ko‘rsatkichlari rasmiy ma’lumotnomalariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;
G‘arbiy Tyan`-Shanning tog‘oldi va tog‘ daryolari havzalarida sel oqimlarining takrorlanishi va sel xavfini baholash natijalaridan “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidan o‘rin olgan “Sel oqimlari. M: 1:2000000” kartasining legendalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 martdagi 08-02389-son ma’lumotnomasi). Natijada sel xavfi yuqori bo‘lgan mavsum, unda sel toshqinlari eng ko‘p takrorlanadigan oylarni tezkor aniqlash va shu asosda sel toshqinlari zararini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalariga aniqlik kiritish imkoniyatlari yaratilgan;
iqlim ilishining turli ssenariylari asosida sel xavfi hamda yomg‘ir genezisli sel toshqinlari maksimal sarflari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini baholash natijalaridan “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Milliy Atlasining “Er usti suvlari” bo‘limidan o‘rin olgan “Sel oqimlari. M: 1:2000000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 30 martdagi 08-02389-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartadan foydalanib, kutilayotgan sel toshqinlari xavfi haqida oldindan ogohlantirish tizimini takomillashtirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish