To‘ynazarova Iroda Abduboqievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho’l hududi suv tiplari ayrim gidrobiontlar populyatsiyalarini tarqalishi va ularni baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V845.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Umarov Farrux Ulug‘bekovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l hududi suv tiplari Unionidae, Corbiculidae, Beelgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae, Astacidae', Haemopidae oilalari gidrobiontlari populyasiyalarini tarqalishini o‘rganish va baholash hamda kamyob turlarni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘l hududi suv tiplari, Unionidae, Corbiculidae, Beelgrandiellide, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae, Astacidae' va Haemopidae oilalariga mansub gidrobiontlarning 25 turi va 2 kenja turi aniqlangan;
turli suv tiplaridagi gidrobiontlar ekologik guruhlarga ajratilgan va abiotik omillarining gidrobiontlar hayotiga ularning tarqalishiga ta’siri o‘rganilib, suvning sifat ko‘rsatkichlarini gidrobiontlarning yoshi, biomassasi hamda morfologik o‘zgaruvchanligiga ta’siri asoslab berilgan;
Mirzacho‘l hududida suv tiplari bo‘yicha gidrobiontlarning Shennon (H') va Simpson (D) indekslari bo‘yicha bioxilma-xillik ko‘rsatkichlari va gidrobiontlarning bioindikatorlik xususiyatlari ochib berilgan;
Mirzacho‘l hududidagi gidrobiontlarning ayrim turlarini qisqarish sabablari asoslangan va ularni muhofaza qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirzacho’l hududi suv havzalarida gidrobiontlarning tarqalishi va ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzacho‘l hududi suv tiplarida tarqalgan endem va noyob tur sifatida Qizil kitobga kiritilgan Solletopterum bactrianum, Colletopterum cureum sogdianum, Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurea lar populyasiyalarining holati va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari bo‘limlarining suv ekotizimlari kamyob gidrobiontlar turlarini yashash muhitida muhofaza qilish, saqlab qolish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 17 fevral 03-02/7-449 son ma’lumotnomasi). Natijada, suv tiplari uchun ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar orqali noyob turlar tarqalgan biotoplarni muhofaza qilish va populyasiyalarini saqlab qolish imkonini bergan;
Mirzacho‘l hududi suv tiplari uchun ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax va Sirdaryo viloyati daryolar, baliqchilik xo‘jaliklari, kanallar va tabiiy suv havzalari organik ifloslanish darajalarini bioindikatsiya yordamida aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 mart 05/26-05/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada, Unionidae, Corbiculidae, Beelgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae va Planorbidae oilalari gidrobiontlari, mollyuskalari asosida tovar baliq chavaqlarini yetishtiriladigan turli tipdagi baliqchilik suv havzalarini sifatini baholash va organik ifloslanishini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish