Xudoyberdieva Sitora Nizomiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslik fanlaridan o‘quv materiallarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3756
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ixtisoslik fanlaridan turli shakldagi o‘quv materiallarni ishlab chiqish va amalda joriy etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ta’lim talablari asosida ixtisoslik fanlardan yaratiladigan o‘quv adabiyotlarining rag‘batlantiruvchi, mustaqil o‘rganishga undovchi, o‘z-o‘zini boshqarish va ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi funksiyalari aniqlashtirilgan va ularning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ishlab chiqilgan;
ixtisoslik fanlarining o‘quv metodik ta’minoti tuzilmasi ishlab chiqilganligi va modulli, keys stadi, namunaviy, yo‘naltiruvchi, tayanch ma’ruza hamda raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqiladigan turli shakldagi o‘quv materiallarini ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkoniyatlari aniqlashtirilgan va asoslangan;
maqsadli, ilmiy, tashkiliy, jarayonli, baholash va natijaviy bloklardan tashkil topgan talabani mustaqil o‘rganish ko‘nikmasini va qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ixtisoslik fanlarini turli shakldagi o‘quv materiallaridan foydalanib o‘qitish jarayoni modeli ishlab chiqilgan va mazmuni asoslab berilgan ;
Oliy ta’lim muassasalarida “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fanini modulli, namunaviy, keys stadi, yo‘naltiruvchi, tayanch ma’ruza va raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv materialidan foydalanib o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan hamda amalda joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ixtisoslik fanlaridan zamonaviy ta’lim talablari bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish va amalda joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
-Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasasilarida o‘qitiladigan ixtisoslik fanlaridan o‘quv adabiyotlarini yaratish va o‘quv materiallarini ishlab chiqishga oid takliflardan “Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv adabiyotlarini yaratishda, o‘quv materiallarini va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 4/17-311 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslik fanlarini zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratishga va o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining grifi bilan hammualliflikda «Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun «Kiyimni loyihalashning avtomatlashgan tizimlari» fanidan o‘quv qo‘llanma yaratilgan hamda “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fanidan namunaviy, modulli, keys stadi va sillabus o‘quv materiallari ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 4/17-311 raqamli ma’lumotnomasi).Mazkur o‘quv materiallari “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fanini o‘qitish jarayoni sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.
“Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari” bakalavriat ta’lim ixtisoslik fanlaridan raqamli texnologiyalarga asoslangan o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan elektron darsliklar yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU16648, № DGU 07089, № DGU 12586 raqamli guvohnomalari) va amalda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 4/17-311 raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv materiallaridan foydalanish orqali ta’lim jarayoni axborot metodik ta’minoti takomillashtirilgan.