Savrieva Iqbol Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3753
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Choriev Ro‘zimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhandislik ta’limining ilg‘or nazariy yondashuvlari va atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarining mazmunidan talabalarning konstruktorlik loyihalash, mustaqil ishlash va tadqiqotchilik ko‘nikmalari bilan shaxsiy fazilatlari (mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va tejamkorlik)ni sintez qilish orqali ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (tarkibiy komponentlari, rivojlantirish bosqichlari va mustaqil ta’lim) aniqlashtirilgan;
loyihaviy va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida zamonaviy ishlab chiqarish xususiyatlari va barqaror rivojlanish dasturi talablarini aks ettiruvchi “Ekomuhandislik ta’lim texnologiyasi” (Eco-Engineering Education Technology)ni oliy ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali bo‘lajak muhandislarlarning ekologik kompetentligi(motivatsion-qadriyatli, kognitivlik, faoliyatlilik, hissiy-irodaviy va ijodiylik)ni rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
ko‘rgazmalilik va fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida talabalarning yangi texnologiyalar va sanoat talablariga dinamik moslashuvini jadallashtirishga qaratilgan “qarorlar daraxti”, “keys-stadi” va “ekoton” kabi interaktiv metodlarini ishlab chiqish orqali oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan;
yashil texnologiyalar va ekologik rivojlantirish shartlaridan inobatga olgan holda muhandislar kasbiy tayyogarligi sifat ko‘rsatkichlari (ekologik savodxonlik, tushunchalarni anglash, muammolarni aniqlash va hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tanqidiy va ijodiy fikrlash)ni va baholash mezonlari (ekosavodxonlik, intellektuallik, faoliyatlilik, axborotlilik va kreativlik)ni ishlab chiqish orqali bo‘lajak muhandislarning ekologik kompetentlik darajalari(yuqori, o‘rta va quyi)ni baholashning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot asosida:
bo‘lajak muhandislarda fanlararo aloqadorlik va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ekologik muammolarni hal qilish va startap, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kasbiy faoliyatda intellektuallik va tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy-uslubiy tavsiyalar "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" elektron darsligi (09.09.2022, №302-0481) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 89-02-388-sonli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti yaxshilangan;
zamonaviy ishlab chiqarish xususiyatlari va ijtimoiy ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan ekologik savodxonlik, ekologik asoslarni anglash, ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni boshqarish, tanqidiy fikrlash va kreativlik kabi ekologik kompetentlikning funksional tarkibiy qismlarini rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar “Mehnat huquqi asoslari” (№DGU-11002) va “Hayot xavfsizligi” (№DGU-04462) elektron o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 89-02-388-sonli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarni o‘qitish samaradorligini oshirish va ekologik kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish dasturlari talablarini sintez qilish asosida kasbiy tayyorgarlik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish orqali ishlab chiqilgan baholash mezonlari (ekosavodxonlik, intellektuallik, faoliyatlilik, axborotlilik va kreativlik)ni va kompetentlik darajalari (yuqori, o‘rta va quyi)ni oliy ta’lim o‘quv jarayoniga integratsiyalashga oid metodik tavsiyalardan AIF-2/20-“Texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 02/02-84-885-sonli guvohnomasi). Natijada texnika yo‘nalishidagi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan “Ekomuhandislik ta’lim texnologiyasi” (Eco-Engineering Education Technology) asosiy g‘oyalarini aks ettiruvchi “qarorlar daraxti”, “keys-stadi” va “ekoton” interaktiv metodlariga oid uslubiy tavsiyalardan 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan “Ekologiya” fanini o‘qitish jarayoniga tatbiq qilingan va hammualliflikdagi “Ekologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi (09.09.2022 y., 302-0529-son) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 89-02-388-sonli guvohnomasi). Mazkur metodik ta’minot bo‘lajak muhandislarning ekologik kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan.