Saitov Suxrob Djumadillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy mslumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «O.Genri ijodi va o‘zbek hikoyachiligida insoniy taqdirlar, shaxs va jamiyat munosabatlaridagi mushtaraklik», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4474.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimova Rano Raxmatullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O.Genri ijodi va o‘zbek hikoyachiligida insoniy taqdirlar, shaxs hamda jamiyat munosabatlarining o‘ziga xos va mushtarak xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insoniy taqdirlar, shaxs va jamiyat munosabatlari O.Genri hikoyalarida insonning ichki dunyosi, shaxsiy kurashlari va jamiyat bilan munosabatlari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar; o‘zbek hikoyachiligida esa inson taqdirining murakkabligi va uning o‘zgaruvchanligi, an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liqligi yetakchiligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
O.Genri hikoyalarida chinakam amerikaliklar ruhi, tashvishlari va kamchiliklari, jamiyatni bir chekkasidan emirayotgan illatlar, aholining boylik, shuhrat, mansabu unvon ilinjidagi turmush tarzi achchiq kesatiqlar, kulgili iztiroblar, kinoyalar kabi tasvir elementlarining ustivorligida voqelanishi dalillangan;
adabiy obrazlar holati, makon-zamon, milliy o‘ziga xosliklar (amerikalik - o‘zbek kishisi timsoli) boshqa-boshqa bo‘lgani holda, umuminsoniy g‘oyalar va odatlar, poetik mahorat, milliy qadriyat va mentalitetni aks ettiruvchi tasvir va detallar kesimida o‘zaro uyg‘unligi O.Genri hamda Abdulla Qahhor, Xayriddin Sultonov, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton singari o‘zbek adiblarining hikoyanavislik mahorati asosida isbotlangan;
O.Genri va o‘zbek hikoyanavislarining xarakter yaratish mahorati, voqealar rivoji va echim paradoksi, hikoyada konflikt va insoniy taqdirlar, ijtimoiy motivlar, uslub va individuallik, ingliz va o‘zbek hikoyachiligida ijtimoiy muammolarning badiiy sintezi, hikoyalarda voqelikni badiiy idrok etishda detal va tasvirlar orqali ifodalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O. Genri ijodi va o‘zbek hikoyachiligida insoniy taqdirlar, shaxs hamda jamiyat munosabatlarining o‘ziga xos va mushtarak xususiyatlari bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
insoniy taqdirlar, shaxs va jamiyat munosabatlari O.Genri hikoyalarida insonning ichki dunyosi, shaxsiy kurashlari va jamiyat bilan munosabatlari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar; o‘zbek hikoyachiligida esa inson taqdirining murakkabligi va uning o‘zgaruvchanligi, an’ana va qadriyatlar bilan bog‘liqligi yetakchiligida namoyon bo‘lishiga doir nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-avgustdagi 04/1-2184-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotshunosligida shakllangan adabiy o‘xshashlik, adabiy mushtaraklik, adabiy parallellik kategoriyalari asosida O. Genre ijodi hamda o‘zbek milliy adabiyoti namunalari qiyoslanishi haqidagi qarashlar mukammallashgan;
O.Genri hikoyalarida chinakam amerikaliklar ruhi, tashvishlari va kamchiliklari, jamiyatni bir chekkasidan emirayotgan illatlar, aholining boylik, shuhrat, mansabu unvon ilinjidagi turmush tarzi achchiq kesatiqlar, kulgili iztiroblar, kinoyalar kabi tasvir elementlarining ustivorligida voqelanishiga oid nazariy xulosalardan Qozog‘iston Respublikasi M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan AP08855741 “Rukopisnoe nasledie Kazaxstana kak paradigma “Duxovnogo vozrojdeniya” natsii: sbor, xranenie, sifrovizatsiya, sistematizatsiya, sozdanie elektronnogo kataloga, publikatsiya i issledovanie” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 060/339-son ma’lumotnomasi). Natijada O.Genri va o‘zbek hikoyanavislarining xarakter yaratish mahorati, voqealar rivoji va echim paradoksi, hikoyada konflikt va insoniy taqdirlar, ijtimoiy motivlar, uslub va individuallik, ingliz va o‘zbek hikoyachiligida ijtimoiy muammolarning badiiy sintezi, hikoyalarda voqelikni badiiy idrok etishda detal va tasvir masalalari aniq misollar yordamida tahlil qilishga erishilgan;
adabiy obrazlar holati, makon-zamon, milliy o‘ziga xosliklar (amerikalik - o‘zbek kishisi timsoli) boshqa-boshqa bo‘lgani holda, umuminsoniy g‘oyalar va odatlar, poetik mahorat, milliy qadriyat va mentalitetni aks ettiruvchi tasvir va detallar kesimida o‘zaro uyg‘unligi O.Genri hamda o‘zbek adiblari Abdulla Qahhor, Xayriddin Sultonov, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton hikoyanavislik mahorati bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Bir asar sharhi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-sentyabrdagi 01-02/38-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.