Pardaev Ilhomjon G‘ulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda boj-tarif siyosatini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4106
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zayniev Farxod Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi husuridagi Soliq qo‘mitasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda boj-tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tushumlarini oshirish, ichki iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va narx barqarorligini ta’minlash maqsadida boj-ta’rif stavkalarini bergilashga asoslangan «Boj-tarif konveeri» mexanizmi asosida tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish taklif etilgan;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bazasi asosida O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish sharoitida milliy iqtisodiyot uchun samarali bo‘lgan optimal boj-tarif stavkalarini uyg‘unlashtirish usullari taklif etilgan;
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda boj-tarif siyosatining rivojlanish jarayonini sohadagi amaliy normativlarining asoslarini yaratilishida takomillashib borishi asosida davrlashtirish taklif etilgan;
boj-tarif siyosatini takomillashtirishda tovarlarning bojxona qiymati, tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar dinamikasi, hamda valyuta kursi o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda boj-tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet tushumlarini oshirish, ichki iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va narx barqarorligini ta’minlash maqsadida boj-ta’rif stavkalarini bergilashga asoslangan «Boj-tarif konveeri» mexanizmi asosida tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024-yil 8-noyabrdagi №16/05-24-0884 son maʻlumotnomasi). Natijada, «Boj-tarif konveeri» mexanizmi asosida tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etilmoqda va bu byudjet tushumlarini oshirish, ichki iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va narx barqarorligini ta’minlashga, xususan, tovarlarga nisbatan olib kirish va olib chiqish bo‘yicha a). xom-ashyolar, ichki bozorda ishlab chiqarilmaydigan va muhim ijtimoiy ahamiyatiga ega bo‘lgan tovarlar uchun past yoki imtiyozli, b). ichki bozorda ishlab chiqariladigan, biroq ichki iste’mol talabni to‘liq qondirmaydigan tayyor yoki qayta ishlangan yarim tayyor mahsulotlar uchun o‘rta yoki yaxshi, hamda c). ichki ehtiyojga etarli miqdorlarda ishlab chiqariladigan va eksport qilinadigan tovarlar uchun yuqori yoki himoyalangan tarif stavkalarni qo‘llash amalga oshirilgan;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bazasi asosida O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish sharoitida milliy iqtisodiyot uchun samarali bo‘lgan optimal boj-tarif stavkalarini uyg‘unlashtirish usullariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024-yil 8 – noyabrdagi №16/05-24-0884 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Bojxona qo‘mitasining 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan;
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda boj-tarif siyosatining rivojlanish jarayonini sohadagi amaliy normativlarining asoslarini yaratilishida takomillashib borishi asosida davrlashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʻminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-104-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024-yil 8 - noyabrdagi №16/05-24-0884 son maʻlumotnomasi). Natijada, boj-tarif siyosatining rivojlanish jarayonini sohadagi amaliy normativ-huquqiy hujjatlarining takomillashtirish bo‘yicha TIF TNning 7106, 7113, 7114 pozisiyalariga nisbatan tarif siyosatini belgilashga, hamda  tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif orqali tartibga solishda qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda import bojxona bojining o‘rtacha arifmetik stavkasini o‘zgarishi orqali  ichki ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga erishilgan;
boj-tarif siyosatini takomillashtirishda tovarlarning bojxona qiymati, tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar dinamikasi, hamda valyuta kursi o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024-yil 8–noyabrdagi №16/05-24-0884 son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona boji tushumlari 2023-yilda 9,36 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, optimal ssenariyga ko‘ra, 95 foiz ehtimollikda 2030-yilda bu ko‘rsatkich 19,52 trln.so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan hamda ushbu natijalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish