Xakimzoda Maftuna Yusuf qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Investisiya loyiha risklarini sug‘urtalashni takomillashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2456
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Sevara Zokirjonovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki sug‘urta bozorida investisiya loyihalari uchun risklarni sug‘urtalashni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya risklarini sug‘urtalashda risklarni yakka tartibda sug‘urta xodisalariga ta’sir darajalari bo‘yicha sug‘urta ta’rif stavkalarini hisobga olish taklif etilgan;
sug‘urta shartnomalarida sharsiz franshiza bo‘lgan investisiya risklarini sug‘urtalashda xarajatlarni baholash va tarif stavkalarini hisoblash usullarini joriy etish bo‘yicha taklifi asoslangan;
investision risklarni sug‘urtalash samaradorligini oshirishda sug‘urta kompaniyasi javobgarligidan yuqori majburiyatlarni xorijiy agentning ro‘yxatdan o‘tgan xudud bo‘yicha qayta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash asosida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatini 2 barobarga qisqartirishga erishish asoslangan;
investision risklarni sug‘urtalashda sug‘urta kompaniyasida uch yil mobaynida sug‘urta polisini xarid qilgan doimiy mijozlariga sug‘urta turlari bo‘yicha 10 foizgacha sug‘urta tariflaridan tabaqalashgan imtiyozlar berish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya loyiha risklarini sug‘urtalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosan:
investisiya risklarini sug‘urtalashda risklarni yakka tartibda sug‘urta xodisalariga ta’sir darajalari bo‘yicha sug‘urta ta’rif stavkalarini hisobga olishga doir taklifi AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining “Investisiya faoliyatini sug‘urtalash” qoidalarini ishlab chiqish va joriy etishda foydalanilgan (AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 09-apreldagi №01/2-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya tomonidan brutto-stavka miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va sug‘urta tarif stavkalari 25-30 foizgacha sug‘urta turiga qarab kamaytirildi, provardida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 20,3 foizga oshgan;
sug‘urta shartnomalarida sharsiz franshiza bo‘lgan investisiya risklarini sug‘urtalashda xarajatlarni baholash va tarif stavkalarini hisoblash usullarini joriy etish bo‘yicha taklifi AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining “Investisiya faoliyatini sug‘urtalash” qoidalarini ishlab chiqish va joriy etishda foydalanilgan (AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 09-apreldagi №01/2-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya tomonidan investisiya risklarini sug‘urtalash bo‘yicha sharsiz franshiza 0,1 foizdan 15 foizgacha bo‘lganda kompaniya tomonidan optimal tarif stavkasini qo‘llash taklif etilgan;
investision risklarni sug‘urtalash samaradorligini oshirishda sug‘urta kompaniyasi javobgarligidan yuqori majburiyatlarni xorijiy agentning ro‘yxatdan o‘tgan xudud bo‘yicha qayta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash asosida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatini 2 barobarga qisqartirishga doir taklifi AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasida amaliyotga joriy etilgan (AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 09-apreldagi №01/2-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniyaning investisiya shartnomalari bo‘yicha sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va hal qilishda sug‘urta kompaniyasining sug‘urta qoidalarinini ishlab chiqishda foydalanilishi oqibatida kerakli xujjatlar majmuasini yig‘ishdagi kutish muddatlari 40 ish kunidan 20 ish kunigacha qisqarishi asoslab berilgan;
investision risklarni sug‘urtalashda sug‘urta kompaniyasida uch yil mobaynida sug‘urta polisini xarid qilgan doimiy mijozlariga sug‘urta turlari bo‘yicha 10 foizgacha sug‘urta tariflaridan tabaqalashgan imtiyozlar berishga doir taklifi AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasida amaliyotga joriy etilgan (AJ «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 09-apreldagi №01/2-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyasida uch yil mobaynida sug‘urta polisini xarid qilgan mijozlarga 10 foizgacha (uch yil ichida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmagan bo‘lsa), faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib boshqa sug‘urta mahsulotlarini xarid qilgan mijozlarga esa shu mahsulot tariflaridan 20 foizgacha tabaqalashgan imtiyozli tariflar tizimi joriy etilgan va bu kompaniya sug‘urta xizmatlarining qamrovini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 32,6 foizga oshirgan.